So’nggi yangiliklar

10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  0 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  1 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  3 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  8 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  17 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4

Branko Ivankovich JCH-2006 bilan bog'liq haqiqatlarni gapirdi Yangiliklar

Branko Ivankovich JCH-2006 bilan bog'liq haqiqatlarni gapirdi

Eron terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Branko Ivankovich 2006 yil Germaniyada o'tkazilgan jahon chempionati chog'ida nimalar bo'lganini so'zlab berdi.

Malumki, Eron terma jamoasi JCH-2006 guruh bahslarini Meksika, Portugaliya va Angolaga qarshi o'tkazib yakunda bir ochko bilan guruhda qolib ketgandi. O'shanda forslar Meskikaga 1:3, Portugaliyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, Angola bilan 1:1 o'ynashgandi. 

Ayniqsa Portugaliya bilan o'yinda Ali Karimi g'alati ish qilgandi. U zaxiraga olinayotganida bundan jahli chiqib, chetda turgan sport sumkasini tepib yuborgandi. Branko Ivankovich o'sha voqeani yodga oldi: "Ha, bu xunuk ish bo'lgandi. Biz Tehronga qaytgandan so'ng Karimi bilan gaplashib olmoqchi edik. SHu bois uni keyingi bahsda asosiy tarkibga tushirmaganman". 

Jahon chempionati Eron uchun muvaffaqiyatsiz yakuniga etganidan so'ng federaciya xorvatiyatilik murabbiy bilan shartnomani uzaytirishni istamagan. "Men shunday bo'lishini sezgandim, - deydi Ivankovich. - CHunki vazifa bajarilmay qoldi. Lekin bir narsani aytishim kerak, yigitlar qo'ldan kelgancha harakat qilishgan. Agar Ali Karimi, Javod Nekunam, Fareydun Zandi va Sattor Zare jarohat olmaganida o'ylaymanki, guruhdan chiqishga astoydil harakat qilardik". 

Branko Ivankovich o'sha payt terma jamoaga xalaqit bergan yana bir muammoni yodga oldi: "Ali Dayi, Yahyo Gulmuhammadi va Sohrab Baxtiyarzade juda kech safimizga qo'shilgan, chunki ular "Saba Batteri" safida Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etishayotgandi. Agar bu uch futbolchi vaqtliroq terma jamoaga kelganida o'ylaymanki, hammasi boshqacha bo'lardi". 

Yana Ivankovichning aytishicha, o'sha payt matbuot va muxlislar tomonidan bosim yuqori bo'lgan ekan. "Matbuot bizning har bir qadamimizni kuzatar, muxlislarning terma jamoadan kutayotgani yanada ko'proq edi, - deya xotirlaydi Ivankovich. - Bundan tashqari mamlakatning o'sha paytdagi rahbari Mahmud Ahmadinajod Eron kamida yarim finalgacha borishi kerak degandi". 

"Biz Meksikaga qarshi bahsni juda yaxshi boshlagandik, lekin oxirgi 15 daqiqada o'yin tizgini qo'ldan chiqib ketgan. Bu esa keyingi o'yinga ham tasir ko'rsatgandi. Matbuot ikkita mag'lubiyat sababini murabbiy va funbolchilar o'rtasidagi munosabatdan qidirgan. Lekin aslida bunday emasdi, chunki men ishlagan payt terma jamoadagi muhit har doim yaxshi bo'lgan. Biz shunchaki musobaqaga tayyor emasdik".

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика