So’nggi yangiliklar

09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  4 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  2 08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  0 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  1 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  12 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  6 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  4 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  5 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  107 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  6 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8

Botir Nosirov: "Men uchun Quvvatov va Suyunov bir xil saviyadagi darvozabonlar" Yangiliklar

Botir Nosirov: "Men uchun Quvvatov va Suyunov bir xil saviyadagi darvozabonlar"

Teglar :  Botir NosirovMashal
Muborakning "Mashal" klubi darvozaboni Botir Nosirov yangi mavsumga olib borilayotgan tayyorgarlik haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Mavsumga tayyorgarlikni dekabr oyidan boshlagandik. Ammo men operaciya qilinganim tufayli birinchi yig'inda qatnasha olmadik. Dekabrda asosan o'zimizning futbolchilar va akademiya tarbiyalanuvchilari mashg'ulot o'tkazishdi. Maqsadimiz 14 nafar tajribali futbolchi va jamoamizning yoshlari birlashgan holda o'ynaymiz. Tarkibga SHahboz Erkinov, G'ulom Haydar G'ulomov va Avaz Agaliev kabi yangilar kelishdi".

"Hozir ikki mahal mashg'ulot o'tkazayapmiz. Ertalab jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratilmoqda, kechki payt esa asosan to'p bilan ishlayapmiz. 16 fevralga qadar Toshkentda yig'in o'tkazamiz. SHundan so'ng qisqa tanaffus bo'ladi va 20 fevraldan Yangierdagi bazada yig'inni boshlaymiz. Mavsum boshiga qadar o'sha erda shug'ullanamiz. Yangierdan 1-tur o'yinini o'tkazish uchun Navoiyga ketamiz". 



"Sanjar Quvvatov jamoamizni tark etdi. Bu posbon O'zbekistondagi istalgan darvozabonga raqobatchilik qila oladi. Ko'pchilik Quvvatov "Nasaf"da ikkinchi posbon bo'ladi demoqda. Bunga qo'shilmayman, sababi Sanjar Ham, Eldor ham men uchun bir xil saviyadagi posbon hisoblanadi. Ikkalasini "Mashal" akademiyasida o'ynab yurgan paytlaridan bilaman. Menmicha o'yin kuni kim yaxshiroq tayyor bo'lsa murabbiylar o'shani maydonga tushurishadi".

"O'zimga kelsak to'g'ri jamoadagi qolgan davozabonlar yosh. Ammo bu bilan menga oson bo'ladi deganlar adashadi. Sababi agar bo'shashib o'z o'rnimni yoshlardan biriga boy berib qo'ysam futbolchi sifatida hurmatim pasayadi. Jamoadagi barcha darvozabonga o'z tajribamni o'rtoqlashishdan to'xtamayman".

"Jamoa rahbariyati bizga yaxshi etiborda bo'lmoqda. Barcha shariotlar yaratib berilgan. Mana Yangierda bazamiz bor, Muborakda bazamiz bor. Bir so'z bilan aytganda "Mashal" rahbariyatiga rahmat aytamiz", - deydi Botir Nosirov. 


Narzulla Saydullaev yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика