So’nggi yangiliklar

13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  1 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  0 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  14 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  8 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2

Boshqa shaharga ko'chib o'tgan "shaharlik" posbon Yangiliklar

Boshqa shaharga ko'chib o'tgan "shaharlik" posbon

Bugun Angliya terma jamoasi darvozaboni Jo Xart haqidagi malumotlarni etiboringizga xavola etamiz.

CHarlz Jozef Jon Xart Angliyaning SHrusberi shahrida (SHropshir grafligi) 1987 yil 19 aprelda o'rtaxol oilada dunyoga keladi. Xart avvaliga SHrusberidagi “Oxon” maktabiga tahsil oladi, keyin esa SHrusberi shahrining chekkarog'ida “Meole brace” nomli o'rta maktabga ko'chib o'tadi. Maktabni tamomlashiga bir yil qolganida Xart sinf sardori bo'ladi. Jo maktabda kriket o'yinini juda ham yaxshi o'ynagan. Xart o'shanda kriket o'yinchisi Stiven Devis bilan birga harakat qilardi. 11 yoshidan esa SHrusberidagi futbol jamoasida faoliyani boshlagan.


“SHrusberi Taun” jamoasidagi faoliyati


Jo Xart futboldagi ilk faoliyatini o'zining tug'ilib o'sgan shahridagi “SHrusberi Taun” jamoasida boshlagan. Xart ushbu jamoada 2003 yildan 2006 yilgacha faoliyat yuritgan. Ammo Xart 2005/06 yilgi mavsumdagina jamoaning asosiy tarkibidan muqim joy egallaydi va 46 uchrashuvda o'z darvozasidan 55 ta to'p olib chiqqan.  


“Manchester Siti”dagi faoliyati

2006 yil Jo Xart “Manchester Siti” klubi bilan shartnoma imzolaydi va klubning akademiyasiga qabul qilingan. 2006 yil 22 may kuni “Manchester Siti” Xart uchun dastlab 600 ming funt sterling miqdorida maosh to'lagan. 2006 yil 14 oktyabr kuni Andreas Issakson va Nikki Uiver jarohat olgani sababli Jo Xart “shaharliklar” tarkibida ilk debyut uchrashuvini APLda “SHeffild Yunayted”ga qarshi o'tkazgan. Ilk debyut uchrashuvida jamoalar nursiz durang qayd etgan. O'shanda Xart 25-raqam ostida harakat qilgan. 2012/13 yilgi mavsumda Xart "Manchester Siti"ning asosiy darvozaboni bo'lib sifatli xizmat qilgani uchun  birinchi raqamli libos bilan taqdirlandi.


“Manchester Siti” klubi murabbiylar postiga 2016 yil 13 avgust kuni Pep Gvardiola kelganidan so'ng APLning 2016/17 yilgi mavsumning birinchi turida jo Xart asosiy tarkibdan olib tashlandi. Gvardiolaning fikricha, Xartning asosiy tarkibdan olinishi Evro-2016 musobaqasida yomon ishtirok etgani bo'lgan. Gvardiolaning jamoaga tashrif buyurganidan so'ng birinchi qilgan ishi Jo Xartni asosiy tarkibdan olib tashlash bo'ldi. Xartga Evropaning bir qator klublaridan qiziqishlar bo'ldi. Bular “Sanderlend”, “Everton”, “Liverpul”, “Arsenal”, “Borussiya D”, “Sevilya”,  “Milan” va “Torino” jamoalari. Xart mavsumni ijara asosida Italiyaning “Torino” klubida o'tkazishga qaror qildi.


Ijara asosida o'ynagan jamoalari

2007 yil yanvar va aprel oylarida Jo avval “Tranmir Rovers” keyin esa “Blekpul” jamoasida ijara asosida faoliyat yuritdi. Xart 2009 yilning iyur oyida, keyingi mavsumni Xart “Birmingem Siti” tarkibida o'tkazishi elon qilindi. Aynan shu jamoa safidagi o'yinlari tufayli yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lishga nomzodlar qatoriga kiritilgan va jamoadoshi Jeyms Milnerdan ortda qolgan. 2009/10 mavsum so'ngida Xart APL talqini bo'yicha “Yil jamoasi” tarkibidan joy oladi. Jo Xart “Manchester Siti”ga qaytganidan so'ng, SHey  Givenni zaxira o'rindig'iga o'tirishiga majbur qiladi va o'zi asosiy tarkibdan joy oladi. Lekin jamoaga mavsum boshida Pep Gvardiola kelganidan so'ng Xart Italiyaning “Torino” jamoasiga ijara asosida ko'chib o'tdi.


Terma jamoadagi faoliyati

Jo Xart 19 yoshgacha bo'lgan Angliya yoshlar terma jamoasida 6 uchrashuv o'tkazgan. 21 yoshgacha bo'lgan yoshlar terma jamoasida esa 2007 yildan 2009 yilgacha asosiy tarkibda 21 uchrashuv o'tkazgan. Ulardan 3 tasini SHveciyada bo'lib o'tgan Evro-2009 musobaqasida o'tkazgan.


2008 yili Xart ilk marotaba Angliya milliy terma jamoasidan chaqiruv oldi va Trinidad va Tobago terma jamoasiga qarshi bir bo'lim maydonda harakat qilgan. 2010 yili JARda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi tarkibidan joy oladi, ammo birorta ham uchrashuvda maydonga tushmaydi. Ushbu mundialda Angliya terma jamoasining asosiy darvozaboni Devid Jeyms bo'lgan. Ammo Evro-2012 musobaqasida Xart terma jamoaning asosiy tarkibidan joy oldi va barcha uchrashuvlarda maydonga tushdi.  Ushbu musobaqada Xart o'z darvozasidan 3ta to'p o'tkazadi, lekin ushbu o'tkazib yuborilgan gollarda darvozabonning aybi bo'lmaydi. Evro-2016 musobaqasida Xart to'rt uchrashuv o'tkazadi. O'z darvozasidan esa 4 ta gol o'tkazib yuboradi. SHulardan ikkitasini 1/8 final bosqichida musobaqa debyutanti Islandiya terma jamoasidaga qarshi uchrashuvda o'tkazib yubordi. Ushbu musobaqada Angliya terma jamoasi eng yomon futbolchilarning jamoasi deya takidlanadi. Jo Xart esa Evro-2016 musobaqasining eng zaif darvozabon, deya takidlanadi.

To'liq ism sharifi: CHarlz Jozef Jon Xart

Tug'ilgan yili: 19 aprel 1987 SHrusberi, Angliya

Fuqaroligi: Angliya

Bo'yining balandligi: 196 sm

Vazni: 91 kg

Ampluasi: Darvozabon

Klubi: “Torino” Italiya (ijara asosida)

Raqami: 21

Yoshlikdagi ilk jamoasi:  2002 – 2003 “SHrusberi Taun”

Professional klubdagi faoliyati: 2003 – 2006 “SHrusberi Taun”

2006 – yildan “Manchester Siti”, 2007 “Tranmir Revers”, 2007 ikkinchi davradan “Blekpul”, 2009-2010 “Birmingem Siti”, 2016 yildan boshlab “Torino” jamoasida ijara asosida faoliyat yuritmoqda.

Angliya terma jamoasidagi faoliyati: 2006-2007 U-19, 2007-2009 U-21, 2008-yildan boshlab milliy terma jamoasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Eslatib o'tamiz, tajribali darvozabonning transfer huquqi Angliyaning “Manchester Siti” klubiga tegishli.


Jahongir Sotvoldiev tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика