So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Boshqa klublar "Obod" oliy ligada qolishini xohlamoqda. Nima uchun? Yangiliklar

Boshqa klublar "Obod" oliy ligada qolishini xohlamoqda. Nima uchun?

Teglar :  oliy ligaObod
Ushbu maqola saytimizda shu yilning 22 iyul sanasida chop etilgan edi. Uni takroran chop etishni lozim topdik.

Bugun bitta yangilik eshitdik. "Obod"ga yangi homiy topish masalasi shu bir-ikki kuni ichida hal bo'lar ekan. Katta ehtimol bilan hammasi yaxshi bo'ladi va "Obod" ikkinchi davradagi ishtirokini davom ettiradi. Aytaylik, "Obod"ga homiy topildi, klubda pul bor va futbolchilar o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishni boshlashdi. Buning qanday foydali tomonlarini ko'ramiz?

Birinchi navbatda oliy liga taqvimi o'zgarmaydi. Agar "Obod" qatnashmaydigan bo'lsa, har turda sakkiztamas, ettita o'yin bo'ladi va navbati bilan "Obod"ga qarshi o'ynashi kerak bo'lgan bittadan jamoa dam oladi. Lekin "Obod" o'z ishtirokini davom ettirgan taqdirda hammasi yana avvalgi holicha qoladi.  

Mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgralik ketayotgan bir paytda boshqa klublar "Obod"ning elitada qolishiga to'liq xohish bildirmoqda. Xullas hamma "Obod"ning qolishidan manfaatdor. Nima uchun? Birinchi sabab shundaki, "Obod" oliy ligada qolgani bilan ikkinchi davraga yaxshi tayyorgarlik ko'rmadi, kerakli transferlarni amalga oshirmadi, qolaversa, eng yaxshi hujumchisi Norxonov klubni tark etdi. 

SHunday kelib chiqib aytganda, "Obod" baribir autsayder klub bo'lib qolaveradi, hatto chet eldan murabbiy olib kelgan taqdirda ham. Hozirda 15ta klub "Obod"ning qolishini astoydil kutmoqda, chunki "Obod" boshqalarga tayyor "go'sht" bo'ladi va hamma bu jamoani yutib mukofot puli ishlab yuraveradi. 

Boshqalarning "Obod"ga qayg'urayotgani asl sababi mana shunda, agar g'alaba uchun mukofot puli berilmaganida bu klub bilan hech kimning ishi bo'lmasdi. "Obod" birinchi davrada faqat ikkita g'alabaga erishdi. Uch marta durang o'ynab, o'nta o'yinda mag'lub bo'ldi. Demak, birinchi davrada o'nta klub "Obod"ni yutib mukofot puli ishladi. Ikkinchi davrada bunday jamoalar soni yanada ko'payishi mumkin. 

Lekin ikkinchi tomondan "Obod" oliy ligada qolgani bilan futbol rivojiga nima beradi? Agar bu jamoa boshqalarga astoydil raqobat qilib g'alabalarga erishsa va turnir jadvalining quyi qismida intrigani yuzaga keltira olsa, bundan klub ham, chempionat ham yutadi. Mabodo qolgani bilan birinchi davradagidek yutqazib yuraversa, unda klubning ishtirok etganidan etmagani yaxshi. Mayli, bir paytlari Janubiy Koreyada bo'lgani kabi 15ta jamoa o'ynasin, bitta kam o'yin bo'lsin, ammo haqiqiy o'yinlarni ko'raylik. 

X.Xoliqov. 

22 iyul 2017 yil

P.S. Ushbu maqola saytimizda 2017 yilning 22 iyul sanasida chop etilgan edi. Uni takroran chop etishni lozim topdik.

Reyting: -35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика