Bosh hakam va laynsmenlarni attestaciyadan o'tkazish jarayoni bo'lib o'tmoqda
15 dek 2017 13:58
Yangiliklar
Bosh hakam va laynsmenlarni attestaciyadan o'tkazish jarayoni bo'lib o'tmoqda
O'FF xodimlar malakasini oshirish, o'z kasbining mutaxassisi bo'lgan insonlar federaciya tarkibida ishlashini taminlash maqsadida, yurtimizdagi murabbiylar, hakamlar va viloyat futbol federaciyalari xodimlarini attestaciyadan o'tkazilishi belgilangandi.
SHunga ko'ra, noyabr oyida foydalanishga topshirilgan poytaxtimizdagi engil atletika markazida O'zbekiston Futbol Federaciyasining attestaciya bo'yicha komissiyasi tomonidan Oliy liga va Birinchi ligada faoliyat yurituvchi jami 56 nafar bosh hakamlar va laynsmenlar attestaciyadan o'tkazilmoqda. Bugun kunning birinchi yarmida hakamlar jismoniy mashqlar bo'ycha sinov topshirdilar. Maxsus komissiya ularning jismoniy holati, chidamliligini tekshiruvdan o'tkazdi.
Kunning ikkinchi yarmida esa hakamlar "CHig'atoy" sport bazasida videomateriallardan tayyorlangan testlarni topshiradilar. Bundan tashqari, ulardan FIFA tomonidan futbol qoidalariga kiritilgan bazi yangi o'zgarishlar bo'yicha yozma imtihon ham olinadi.
Fikrlar