"Bolonya" himoyachisini "Arsenal"ga sotishdan bosh tortdi
05 iyu 2024 12:32
Yangiliklar
"Bolonya" himoyachisi Rikkardo Kalaforini "Arsenal"ga sotishni xohlamadi. Bu haqda "Corriere dello Sport" xabar bermoqda.
"Kanonirlar" futbolchi uchun 47 mln evro taklif qilgan. "Rossoblu" ushbu taklifni rad etgan. Italiyaliklar futbolchini kamida 50 mln evroga baholamoqda.
"Kanonirlar" rad javobiga qaramay, transfer ustida ishlashda davom etadi. Klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Kalafori "Bolonya"da 1 mavsum o'ynadi. 22 yoshli markaziy himoyachi o'tgan mavsum A Seriyada 30 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar