So’nggi yangiliklar

00:55Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  1 00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  59 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  1 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  3 23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  3 23:27Тимур Кападзе - Англияда. Мутахассис у ерда нима қилмоқда?  18 22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  7 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  5 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  27 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  24 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  81 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9

Bolalar futboli. Namangan 2007 O'zbekiston chempioni Yangiliklar

Bolalar futboli. Namangan 2007 O'zbekiston chempioni

Andijonda "Proffessional futbol maktablari ligasi" musobaqasining g'olib aniqlandi.

Mazkur chempionatning 2007 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoalari o'rtasidagi musobaqa Andijon viloyatida bo'lib o'tdi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o'tgan ushbu musobaqada quyidagi jamoalar yarim finalga etib keldi.

Namangan- Andijon 0:0 (p.s-4:3)

Xorazm - Toshkent shahri 1:0

Final uchrashuvida Rahimjon Bozorov, O'tkirbek Ergashev Muslimbek Saitboev murabbiyligidagi Namangan 2007 jamoasi 2:0 hisobida g'alabani tantana qildi. 

FINAL

Namangan 2:0 Xorazm

Ushbu musobaqada sovrinli o'rinlarni quyidagi jamoalar qo'lga kiritdi.

1-o'rin Namangan

2-o'rin Xorazm

3-o'rin Andijon    

3-o'rin Toshkent shahri

Musobaqa yakunida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tantanali taqdirlash marosimida O'zbekiston futbol associaciyasi hodimi Mamur Saidqosimov, Andijon viloyat jismoniy-tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i O'tkirbek Toshpo'latov, Andijon futbol associaciyasi vice-prezidenti Bekzodbek Karimov hamda Andijon futbol mahorat maktabi direktori Nasibillo Madraximovlar ishtirok etdi.

Rahimjon Bozorov (Namangan 2007 murabbiyi) - Musobaqa yuqori saviyada o'tdi. Tashkilotchilik ham alo darajada bo'ldi. SHu o'rinda barcha tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. SHogirdlarim musobaqada yaxshi ishtirok etishdi. Birinchi marotaba O'zbekiston U13 Respublika birinchiligida ishtirok etishayotganligi sababli boshlanishida biroz hayajon sezildi. Lekin, o'yindan o'yinga hayajonni engib ko'zlagan maqsadimizga erishdik. 

Keyingi rejalarimiz oldinda kutayotgan turnirlarga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko'rib kelajakda "Navbahor" klubiga mahoratli futbolchilarni tarbiyalab va O'zbekistonning turli yosh toifalaridagi terma jamoalariga iqtidorli futbolchilarni etkazib berish. Fursatdan foydalanib Namangan viloyati hokimi SHavkat SHakirjanovichga, Namangan viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Namangan futbol associaciyasiya, futbol mahorat maktabi rahbarlariga bizlarga yaratib bergan sharoitlar va bildirgan ishonchlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Ushbu musobaqada ko'zlagan maqsadimizga erisha oldik. Bu bilan to'xtab qolmaymiz. Sobiq tarbiyalanuvchilarimiz Odil Ahmedov, Aziz Turg'unboev, Vladimir Kozak kabi futbolchilarni etishtirib bersak maqsadimizga erishgan bo'lamiz. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика