So’nggi yangiliklar

02:01А Серия. "Ювентус" "Верона"ни мағлуб этолмади, "Милан" эса йирик ҳисобда ғалаба қозонди   9 00:55Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  1 00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  59 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  1 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  3 23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  4 23:27Тимур Кападзе - Англияда. Мутахассис у ерда нима қилмоқда?  19 22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  7 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  5 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  27 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  24 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  81 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3

Bolalar futboli. Elbek Imomnazarov: "SHogirdlarimdan bunday natija kutmagan edim" Yangiliklar

Bolalar futboli. Elbek Imomnazarov: "SHogirdlarimdan bunday natija kutmagan edim"

Futbol mahorat maktablari o'rtasida o'tkazilayotgan "Professional futbol maktablari ligasi" musobaqasida 2006 yilda tug'ilgan o'yinchilardan iborat Jizzax jamoasi turnir davomida o'yini bilan muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi.

Bu borada Jizzax 2006 jamoasi murabbiyi Elbek Imomnazarovning fikrlari bilan qiziqdik. Malumot o'rnida Jizzax 2006 jamoasi guruh bosqichida Qoraqalpog'iston va Samarqand bilan 0:0, 1:1 hisobida durang natija qayd etgan bo'lsa, Navoyi viloyatining xuddi shu yosh toifasidagi jamoasi 3:0 hisobida taslim etildi. 1/4 finalda esa Toshkent viloyati 2:1 natijasi bilan mag'lub etildi.

"Turnir haqida gapiradigan bo'lsam, bunday nufuzli, tashkilotchilik yuqori bo'lgan turnirda bu yoshdagi jamoamiz ilk bor ishtirok etdi. Hayajon bo'lishi tabiiy. Birinchi turda bolalar o'z o'yinini topa olishmadi. Fikrimcha bu hayajondan. Dastlabki turda qiyin o'yin o'tkazdik. Qoraqalpog'iston Respublikasi bila durang natija qayd etishdi. Mazkur uchrashuvdan so'ng bolalar bilan gaplashib oldik. Ruhiy jihatdan tushuntirish ishlari olib borildi. Navbatdagi turlarga kelib jamoamiz o'z o'yinini topdi, hayajonlar ortda qoldi. Turnirda sovrinli o'rinlarni egalla bo'lish mumkinligini tushunib etishdi. Guruh bosqichida ajoyib tarzda ishtirok etishdi. Mag'lubiyatga uchramagan holda ikkinchi o'rin bilan guruhdan chiqdik. 1/4 final bosqichida Toshkent viloyati jamoasi bilan juda ham shiddatli o'yin guvohiga aylandik. SHogirdlarimdan bunday natija kutmagan edim. Yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Futbolda kuchli jamoa g'alaba qozonadi deb bejizga aytishmagan. Toshkent viloyatini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdik. Kuchli to'rtlikka kirdik. To'g'risini aytsam, bu o'yinda bolalar katta kuch yo'qotishdi. Katta mehnat qilishdi. Mehnatimiz samarasi o'laroq sovrindorlar qatoridan joy oldik. Respublikamizdan jami 14ta futbol mahorat maktablari ishtirok etishdi. Mana shu jamoalar ichida nufuzli musobaqada kuchli to'rtlikka kirish biz uchun baxt. Keyingi musobaqalarda yanada yaxshiroq ishtirok etishga harakat qilamiz.

23-28 noyabr kunlari O'zbekiston kubogi bahslari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Bu turnir ham futbol mahorat maktablari o'rtasida bo'lib o'tadi. Munosib tayyorgarlik ko'ramiz. CHempionlikni maqsad qilganmiz. O'zbekiston chempionatida yo'l qo'ygan xatolarimizni kubok bahslari boshlanguniga qadar bartaraf etish ustida ishlaymiz.

Karantin davrida mashg'ulotlarni onlayn tarzda olib bordik. Bolalarni yig'ganimizga ham ko'p bo'lmadi. Bu borada kamchilik sezildi. O'zbekiston chempionatidagi natija 1-2 yil ichida o'rgatgan narsalarimizning samarasi deb o'ylayman. Karantin vaqtida bolalar jamoaviy mashg'ulotlardan uzulib qoldi. Individual mashqlarni uyda yakka tartibda bajarishdi. Musobaqadan 15 kun avval yig'ildik va mashg'ulotlarni boshladik",- deydi Elbek Imomnazarov.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика