Bolalar futboli. Buxoro viloyatida respublika ochiq turniri o'tkazildi
16 iyu 2018 13:06
Yangiliklar
Bolalar futboli. Buxoro viloyatida respublika ochiq turniri o'tkazildi
O'FA tomonidan tashkil qilinayotgan bolalar o'rtasidagi musobaqalarning navbatdagisi Buxoro viloyatida bo'lib o'tdi. 2006-2007 hamda 2008-2009 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasida “Faol tadbirkorlik, innovacion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash” yiliga bag'ishlangan futbol musobaqasi ko'tarinki ruhda tashkil qilindi.
Futbol turniri futbol associaciyasining xodimlari tomonidan yuqori saviyada tashkillashtirilib, qatnashchilar va tomoshabinlarda katta taassurotlar qoldirdi.
Musobaqa g'oliblariga sertifikat va esdalik sovg'alari topshirildi. Musobaqa natijalariga ko'ra sovrinli o'rinlarni quyidagi jamoalar egallashdi:
2006-2007 yilda tug'ilganlar:
1-o'rin “Andijon” Balikchi tumani
2-o'rin “28-BO'FM” Buxoro shahri.
3-o'rin “Navbaxor” Namangan shahri va “BO'SM-2” Navoiy shahri
2008-2009 yilda tug'ilganlar:
1-o'rin “Paxtakor” Toshkent shahri
2-o'rin “BO'SM-1” Samarqand shahri
3-o'rin “BO'SM-2” Samarkand shahri va “G'allaorol” Jizzax viloyati
Fikrlar