So’nggi yangiliklar

16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  1 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  4 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  3 14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  1 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  2 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  1 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  10 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  9 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  13 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  30 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  21 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  11

Bolalar chempionati. “Lokomotiv” ikkinchi bosqichda chempionlik uchun kurashadi Yangiliklar

Bolalar chempionati. “Lokomotiv” ikkinchi bosqichda chempionlik uchun kurashadi

Teglar :  Lokomotiv
Har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan bolalar va o'smirlar o'rtasidagi Toshkent shahar chempionatining navbatdagi bosqichida kimlar ishtirok etishi malum bo'ldi.

Bu yil bolalar chempionatida 28ta klub qatnashyapti. Etti xil yosh toifasidagi futbolchilar birinchi bosqich o'yinlarida maydonga tushishdi. 2004 va 2005 yilda tug'ilgan futbolchilar qayd etgan natijalar klub natijalariga tasir o'tkazmaydi. 2003, 2002, 2001, 2000 va 1999/98 yil vakillarining natijalari esa klub natijalari hisoblanadi.

Bu yilgi chempionatning birinchi bosqichida 28 ta jamoa 4 guruhga bo'lindi. Guruh bahslarida 1 va 2-o'rinni egallagan jamoalar II-bosqichda alohida guruhda Toshkent shahar chempionligi uchun kurash olib boradi hamda 2016 yil Toshkent shahar chempionatida qatnashish yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

3, 4 va 5-o'rinni egallagan jamoalar kelasi yilgi bolalar va o'smirlar o'rtasida Toshkent shahar chempionatida qatnashish uchun kurashishadi.

Guruhda so'nggi ikki pog'onani egallagan jamoalar esa kelasi mavsum Toshkent shahar birinchiligida ishtirok etishadi.

Birinchi bosqich yakunlariga ko'ra, Toshkent shahar chempionligi uchun “Paxtakor”, “GFSSHI-1”, “FMBO'SM-16”, “Bunyodkor-A”, “RKOR”, “Bunyodkor-B”, “Lokomotiv” va “Spartak” klublari bahs olib borishadi. Demak, “Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ham ikkinchi bosqichda “A” guruhida chempionlik uchun maydonga tushishadi.

2016 yilgi Toshkent shahar chempionatida qatnashish uchun “Navro'z”, “DYUSSH-24”, “Olimpik”, “GFSSHI-2”, “DYUSSH-30”, “BO'SM-2”, “CHilonzor”, “SHayxontohur”, “BO'SM-26”, “Tapoich”, “BO'SM-37”, hamda “Traktor” klublari o'zaro bellashishadi. Bu guruhdan to'rtta jamoa kelasi mavsum Toshkent shahar chempionatida ishtirok etadi.

Birinchi bosqichda o'z guruhlarida so'nggi ikki pog'onani egallagan “Sergeli”, “Istiqlol”, “BO'SM-39”, “CHelano”, “Tashkent Siti”, “Olimpik-2”, “Namuna”, “Liverpul” klublari kelasi mavsum Toshkent shahar birinchiligida ishtirok etishadi.

I-bosqich yakunlari bilan tanishing:

“A” guruhi
“Paxtakor” – 178 ochko
GFSSHI-1 – 118 ochko
“Navro'z” – 90 ochko
DYUSSH-24 – 71 ochko
“Olimpik” – 64 ochko
“Sergeli” – 51 ochko
“Istiqlol” – 34 ochko

“V” guruhi
“Bunyodkor-A” – 165 ochko
RKOR – 124 ochko
GFSSHI-2 – 107 ochko
DYUSSH-30 – 74 ochko
BO'SM-2 – 72 ochko
BO'SM-39 – 60 ochko
“CHelano” – 3 ochko

“S” guruhi
FMBO'SM-16 – 160 ochko
“Bunyodkor-B” – 146 ochko
“CHilonzor” – 94 ochko
“SHayxontohur” – 93 ochko
BO'SM-26 – 74 ochko
“Tashkent Siti” – 40 ochko
“Olimpik-2″ – 11 ochko

“D” guruhi
“Lokomotiv” – 147 ochko
“Spartak” – 141 ochko
“Tapoich” – 90 ochko
BO'SM-37 – 88 ochko
“Traktor” – 74 ochko
“Namuna” – 40 ochko
“Liverpul” – 29 ochko

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика