So’nggi yangiliklar

09:14"Реал Мадрид" МЮ футболчисини сотиб олиши мумкин  0 08:40ФИФА президенти ўзининг расмий саҳифасида Ўзбекистонда футбол жадал суръатда ривожланаётганини эътироф этди   2 08:04Гвардиола бир шарт билан Италия клубларидан бирини бошқаришга розилигини маълум қилди  1 07:36Модричнинг "Реал Мадрид"даги келажаги маълум  0 01:40Миллатлар лигаси. Австриядан 5:1, Грециядан ғалаба ва Фарер ороллари — Латвия ўйинида дуранг  1 01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  3 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   17 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  7 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  7 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  8 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3

Bo'lajak JCH faoliyatida so'nggi bo'lishi mumkin bo'lgan o'yinchilar (mutolaa uchun) Yangiliklar

Bo'lajak JCH faoliyatida so'nggi bo'lishi mumkin bo'lgan o'yinchilar (mutolaa uchun)

Kimlar ortiq mundial bora olmasligi haqida gaplashamiz.

Tez orada Jahon chempionati boshlanadi. Quvonchli, hayajonli va ulkan voqelik. Ammo, bu barcha uchun qiziqarli bo'lmaydi. Bir qator futbolchilar uchun ushbu JCH so'nggisi bo'lishi mumkin. Bunday o'yinchilar ko'plab terma jamoalarda bor. Keling, bugun shunday futbolchilar haqida gaplashamiz.


Argentina


Zamonaviy futboldagi eng asosiylaridan biri bilan boshlaydi. Bo'lajak Jahon chempionati 35 yoshli Lionel Messi uchun so'nggisi bo'ladi. Uning o'zi bu haqda aytib o'tdi. SHu sabab musobaqa Leoning o'zi va jamoasi uchun juda muhim bo'ladi. Barcha (yoki deyarli hamma) Messining Jahon chempioni bo'lishini xohlamoqda. Bu amalga oshadimi yoki yo'q, katta savol. Aytgancha, bo'lajak JCH Anxel Di Mariya uchun ham so'nggisi bo'lishi mumkin. 34 yoshli "Yuventus" vingerining kelasi mundialga bormaslik ehtimoli katta.



Franciya


Ugo Loris — ushbu JCH faoliyatidagi so'nggisi bo'lishi mumkin bo'lgan francuzlardan biri. "Tottenxem" darvozaboni 35 yoshda. Ugo Qatardan so'ng francuzlarda Mayk Menyan borligini hisobga olsak, yana bir jahon birinchiligiga borish ehtimoli kam. Bu gap Lorisdan bir yosh katta bo'lgan Olive Jiruga ham tegishli. Ammo, "Milan" forvardining JCH-2022 borishi ham hali aniq emas. "Uchranglilar" bosh murabbiyi Dide Desham unga Jahon chempionatiga boradigan tarkibda joy vada qilmaydi. Karim Benzema esa aniq Qatarga boradi, ammo uning uchun ham ushbu mundial so'nggisi bo'lishi mumkin. "Real"ning eng yaxshi to'purari JCH-2022dan so'ng 35 yoshni qarshi oladi.



Ispaniya


Ispaniya terma jamoasida ortiq Jahon chempionatiga bormasligi mumkin bo'lgan o'yinchilar etarlicha. Bular Serxio Buskets (34 yosh), Jordi Alba (33) va Sesar Aspilikueta (33). Bu yigitlarning barchasi keyingi mundialga bormasligi mumkin. PSJ himoyachisi Serxio Ramos esa katta ehtimol bilan JCH-2022ga bormaydi. Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike 36 yoshli markaziy himoyachini o'yinlarga chaqirmayapti. Ramos 1,5 yildan beri terma jamoada o'ynamaydi. Uni Qatarga chaqirishlari uchun imkoniyat deyarli yo'q, ammo u terma jamoadagi faoliyatini hali yakunlagani yo'q.



Germaniya


Manuel Noyer va Tomas Myuller "Bavariya" va Germaniya terma jamoasining timsollari. Huddi ular umrbod o'ynaydigandek, ammo unday emas. Myuller 33 yoshda, Noyer esa 3 yosh katta. Bo'lajak JCH ular uchun so'nggisi bo'lish ehtimoli katta. SHu bilan birga, Bundestimda ularning o'rnini bosadigan yaxshi o'rinbosarlar topiladi. Mark-Andre ter SHtegen mamlakatning bosh jamoasida birinchi raqam bo'lishni anchadan beri kutadi. Myullerni esa Kay Xaverc yoki Jamal Musiala almashtirishi mumkin.



Belgiya


Belgiya terma jamoasining bir yo'la 4 o'yinchisi o'zlarining so'nggi JCHlariga borishlari mumkin. Bu 35 yoshda bo'lgan Dris Mertens va Yan Vertongen, 33 yoshda bo'lgan Tobi Alderveyreld va Aksel Vitsel. Belgiyaliklarda tajribali, ammo yoshi katta jamoa bor. Bundan tashqari 30ga kirgan Tibo Kurtua, Eden Azar va Kevin De Bryuyne bor. Belgiya terma jamoasida avlodlar almashinuvi kutilmoqda, bu jarayon esa doim ham silliq o'tmaydi.



Xorvatiya


Xorvatlarda ham ortiq mundialga bora olmasligi mumkin bo'lgan ko'plab o'yinchilar bor. Hayolga birdan Luka Modrich keladi. Madridning "Real" klubi xavbeki qarimaydigandek ko'rinadi, ammo u 37 yoshda. Bundan tashqari 33 yoshda bo'lgan Ivan Perishich va Deyan Lovren bor. Bu yigitlar JCH-2018 finalida o'ynashgan. Bu xorvatlar uchun katta natija bo'lgan. Bu uchchovlon ushbu muvaffaqiyatni takrorlay olishadimi yoki yo'q, bu katta savol. Ammo, katta ehtimol bilan ushbu JCH bosh sovrinni qo'lga kiritish uchun so'nggi imkoniyat bo'ladi.



Portugaliya


Portugaliya terma jamoasi tarkibida ko'plab yoshi katta o'yinchilar bor. Ro'yxatga Joau Moutinyu (36 yosh), Pepe (39), Ruy Patrisiu (34) va Krishtianu Ronaldu (37)ni qo'shish mumkin. Albatta, asosiy etibor bo'lajak JCH uning uchun so'nggisi bo'ladigan "Manchester Yunayted" forvardiga qaratilgan. Hujumchi hali faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti. Uning JCH-2022dan keyingi maqsadi — Evro-2024da o'ynash. Balki bu Ronaldu uchun so'nggi xalqaro turnir bo'lar. Uning yana bir munidalga borish ehtimoli kam.



Urugvay


Bo'lajak Jahon chempionati Urugvay terma jamoasining bosh yulduzlari bo'lmish Luis Suares va Edinson Kavani uchun so'nggisi bo'lishi mumkin. Ikki forvard ham 35 yoshda. Ular hali yuqori darajada o'ynashga qodirlar, ammo bu keyingi mundialga qadar borishi qiyin masala. Bundan tashqari, 36 yoshdagi darvozabon Fernando Muslera va 35 yoshli himoyachi Martin Kaseres bor. Ular Suares va Kavanidek mashhur emas, ammo terma jamoa uchun muhim o'yinchilar. SHu bilan birga, urugvayliklar unchalik xavotirga tushishlari kerak emas. Ularda yaxshi avlod etishib chiqmoqda.




Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика