Bokschi Saul Alvares Messiga taxdid qildi: gap Meksikaning erda yotgan futbolkasida
28 noy 2022 15:13
Yangiliklar
Bokschi Saul Alvares Messiga taxdid qildi: gap Meksikaning erda yotgan futbolkasida
JCH-2022 doirasida Argentina hamda Meksika terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng (2:0) argentinalik futbolchilar bayram qilishdi.
Kiyinish xonasidan olingan suratlarda Meksika terma jamoasi futbolkasi erda yotgani, Messi esa uni tepib yuborayotgani aks etgandi.

Meksikalik bokschi, jahon chempioni Saul Alvares esa bunga munosabat bildirdi.
"Messi men bilan uchrashib qolmaslik uchun Yaratganga iltijo qilsin.
Meksika futbolkasi erda yotishining o'zi haqoratga teng", – deya jahl chiqqani aks etgan emojilarni qoldirgan Alvares.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar