So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  1 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Boburbek Yo'ldoshev “Manisaspor”ga o'tishimda “Loko”ning xizmati katta” Yangiliklar

Boburbek Yo'ldoshev “Manisaspor”ga o'tishimda “Loko”ning xizmati katta”

Xorijdagi legionerlarimiz soni yana bitta oshdi. Gap shundaki, istedodli himoyachi Boburbek Yo'ldoshev endi “Manisaspor”da o'ynaydigan bo'ldi.
Yaqinda Turkiyada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz mudofaa chig'ig'ida katta ishni amalga oshirgan Yo'ldoshev, mazkur turnir mobaynida bir qator xorij klublarining skautlarida qiziqish uyg'otgandi. Huquqiy jihatdan “Lokomotiv”ga tegishli bo'lgan futbolchiga Turkiya birinchi divizioni ishtirokichisi Manisaning “Manisaspor” klubi qiziqarli taklif bilan chiqdi. SHu bois Yo'ldoshev “Lokomotiv” rahbariyatining tavsiyasiga ko'ra, 30 iyul kuni Turkiyaga jo'nab ketgandi. Futbolchining malum qilishicha, tomonlar o'zaro kelishuvga erishgan va endilikda futbolchi “Manisaspor”da o'ynaydigan bo'ldi. SHu bois Boburbek Yo'ldoshev yangi klubi azosi sifatida hamkorimiz “FE” gazetasiga maxsus intervyu berdi.  

- Boburbek, Sizning “Manisaspor” yig'iniga borib qo'shilganingizni yaxshi bilamiz. Turk klubiga o'tishingiz hal bo'ldimi?
- Ha, Xudo xohlasa hammasi ijobiy kechdi. Garchi hozircha rasman shartnomaga imzo chekmagan bo'lsamda, “Manisaspor” rahbarlari “Lokomotiv” bilan o'zaro kelishuvga erishdi. Ushbu haftada bitim imzolanadi.

- “Manisaspor”ga borishingiz qanday amalga oshdi?
- JCH o'yinlaridan keyin “Lokomotiv”da edim. SHunda klub rahbarlari o'z yoniga chaqirib, Turkiya birinchi divizioni ishtirokchisi bo'lgan klubdan qiziqish borligini aytdi. “Manisaspor” to'g'risida, bir qator malumotlar berishdi. Agar istasam ushbu klubga borib, dastlab sharoitlar bilan tanishishimni tavsiya qilishdi.

- Demak, xorij klubiga o'tishingiz, biror-bir agentning xizmati emas, balki ikkala klubning muzokaralaridan so'ng amalga oshgan. SHundaymi?
- Bunga sababchi bo'lganlar insonlar ham yo'q emas. Lekin aytib o'tganimdek, “Manisaspor” rahbariyati bu borada dastlab “Lokomotiv”ga murojaat qilgan. SHu bois bunda ikkala klub rahbarlarining xizmatlari yotibdi deb o'ylayman. Bundan tashqari FIFA agenti Oybek aka Qosimovning ham maslahat berib turganini aytib o'tishni istardim.

- Turkiyada o'tkazilgan jahon chempionatidan keyin shaxsan o'zingiz faoliyatingizni xorijda davom ettirishingizga, qanchalik ishongandingiz?
- Ishongandim albatta. Har xolda xorij klublaridan taklif bo'lishiga umid qilganman. Bilasizmi, JCHda o'zimni to'liq ko'rsata olmadim. SHunday bo'lsada, chet el klubidan qiziqish bo'lganidan xursandman. CHunki faoliyatimni xorijda davom ettirish ishtiyoqi yuqori edi.

- Yangi klubingizdagi ilk taassurotlar qanday?
- Bu klubga kelishimdan oldin, internet orqali jamoa haqida qiziqib, tanishib chiqdim. Manisa shahrining klubi. Jamoa 1965 yili tashkil topgan. O'z vaqtida Turkiya super ligasida ham ishtirok etgan. Jamoa Izmir shahridan uzoq bo'lmagan joyda ekan. Izmirgacha 30 daqiqalik yo'l. Bu erga kelganimda meni yaxshi kutib olishdi. Jamoa yaxshi shakllangan. Ichki muhitni ham alo darajada deyish mumkin. SHu bois bu klubga to'liq kirishib ketishim oson kechadi deb o'ylayman.

- Futbolchilar o'rtasidagi raqobat qanday? Aynan siz to'p suradigan himoya chizig'idagi raqobat “Lokomotiv”dagi kabi kuchlimi yoki...?
- Har bir klubda o'ziga yarasha raqobat mavjud bo'lganidek, “Manisaspor”da ham asosiy tarkibga kirish uchun kurash engil bo'lmaydi. Ayniqsa mudofaa chizig'ida kuchli futbolchilar jamlangan. Ularning ayrimlari legionerlar sanaladi. Lekin bu jamoadagi raqobatni “Lokomotiv”dagi xolatga taqqoslamagan bo'lar edim. Sizga shuni aytishim mumkinki, bu ikkala klubda ham raqobat kuchli.

- Manisa klubiga borgan chog'ingizda bu klubni “Lokomotiv” bilan solishtirib ko'rgan bo'lsangiz kerak. O'xshash jihatlari bormi?
- Yo'q, men to'g'risini aytganda solishtirmagan bo'lar edim. Tabiiyki, “Loko”ga mehrim boshqacha. Sababi ushbu klubda katta futbolga qadam bosganman. O'yinchi bo'lib shakllanib, terma jamoalar nazariga tushishimda bu jamoaning xizmati beqiyos. Bu ishni amalga oshishida jamoaning o'rni katta bo'ldi deb hisoblayman. “Manisaspor” esa albatta umuman boshqa klub. Jamoa bu yil o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan. O'z tarixiga ega. SHuningdek klub infratuzilmasi ham alo darajada yo'lga qo'yilgan.

- “Manisaspor”da qolishingiz aniq bo'lgach, endi o'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'ydingiz?
- Avvalo ushbu jamoaga o'tganimdan xursandman. Buning uchun har ikkala jamoa rahbarlariga minnatdorchilik bildiraman. O'ylaymanki, “Manisaspor” faoliyatimdagi cho'qqi bo'lib qolmaydi. Bu klubda yanada yorqin o'yin ko'rsatib, kelajakda bundan-da kuchli klublarda o'ynashga umid qilaman. Buning uchun astoydil harakat qilaman.

- “Manisaspor” faoliyatingizdagi, birinchi xorij klubdir. Yangi jamoa, yangi muhit va yangi futbolchilar. Ularga ko'nikishni qanday o'tkazyapsiz? Bu borada sizga kim yoki nima yordam bermoqda?
- Yangi jamoamga to'liq kirishib ketishim uchun biroz vaqt kerak bo'ladi. Turkiya muhiti esa men uchun yangilik emas. Bu erda ilgari yig'in o'tkazish uchun kelganimizda ko'p bo'lganman. Bundan tashqari klub menejeri menga tarjimon biriktirgan. Uning yordami katta bo'lmoqda. SHuningdek futbolchilar ham moslashib olishimda o'z yordamlarini ayamayapti.

- Manisaga oldin ko'rikda bo'lish, agar harakatlaringiz murabbiylarga maqul kelsa shundagina qolish taklifi bilan borganmidingiz?
- Yo'q, klub rahbarlari meni Turkiyada o'tgan jahon chempionatidagi o'yinlar orqali yaxshilab kuzatishgan ekan. Xullas men haqimda batafsil tanishishgan. SHuning uchun ular menga dastlabki muzokaralardan so'ng shartnoma taklif qilishdi. Lekin oldin bu erdagi sharoit va ichki muhit bilan tanishishimni aytib, bitim imzolashni keyinroqqa qoldirishimni malum qildim.

- Endi bu jamoada necha yil o'ynamoqchisiz?
- “Manisaspor” rahbarlari ikki yillik shartnoma taklif qilishdi va men bunga rozi bo'ldim.

- Endi huquqiy jihatdan to'laqonli Manisa klubiga tegishli o'yinchisiz. SHundaymi?
- Yo'q, hamon “Lokomotiv”ga tegishli futbolchiman. Bu erda ikkala jamoa kelishuviga ko'ra ikki yil ijara asosida o'ynaydigan bo'ldim.

- Bu klubni tanlashingizda, “Manisaspor” ko'proq nimasi bilan etiboringizni tortdi? Bu borada kimdandir maslahat oldingizmi?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, bu klubning o'z oldiga qo'ygan malum bir maqsadi bor. Bundan tashqari klubda barchasi menga maqul keldi. Turkiya klubini tanlashimdan asosiy maqsad, kelajakda evropaning top klublarida o'ynashdir. Bu erda xorijlik futbol skautlari ko'p. Albatta, yaqinlarimning maslahatlariga ham quloq soldim.

- Turkiyada birinchi divizion o'yinlari boshlanishiga ham oz muddat qolmoqda. Jamoangiz oldiga bo'lajak chempionatda qanday vazifa qo'yilmoqda?
- Ha, bu erda 18 avgustdan musobaqaga start beriladi. “Manisaspor” rahbariyati shu yilning o'zida super ligaga chiqishni maqsad qilgan. Bu yo'lda astoydil kurashamiz. Bu borada bizga qaysi jamoalar raqobat ko'rsatishini hozircha bilmayman.

- Yangi jamoangizda asosiy tarkibda o'ynash imkoniyatingizni qanday ko'ryapsiz?
- Imkoniyat yaxshi. Klub rahbarlarining meng bo'lgan ishonchi yuqori. O'z navbatida men ham o'z ustimda astoydil ishlab, klub muvaffaqiyatlariga xissamni qo'shishga harakat qilaman.

- Turkiya klublarining oxirgi yillarda futbolchilarimizga bo'lgan qiziqishi ortib bormoqda. Sizningcha, bunga ko'proq nima sabab bo'lmoqda ?
- Albatta, bunga O'zbekistonda futbol rivojlanayotgani, o'smirlar va yoshlar terma jamoalarining xalqaro maydonlarda qayd etayotgan natijalari yuqori bo'layogani asosiy omillardan biri bo'lsa kerak.

- U erda sizga yaratib berilgan sharoitlar qanday? Klub bazasida istiqomat qilyapsizmi?
- Hozircha klub qarorgohidaman. Kelishuvga ko'ra, jamoa menga shahardan uy berishi kerak. SHu yaqin kunlarda uy berilsa, u erga ko'chib o'taman. SHaroitlarga kelsak, hammasi qoniqtiryapti deyishim mumkin.

“FE” malumoti:
Boburbek Yo'ldoshev
Tug'ilgan yili: 08.04.1993
Tug'ilgan joyi: Farg'ona viloyati, Quva tumani
Birinchi murabbiyi: Oydinbek Aliev va Doniyor Ismoilov
Professional futboldagi ilk klubi: “Lokomotiv”, 2010 yildan buyon


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика