So’nggi yangiliklar

16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  2 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  4 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  13 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  1 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  0 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  1 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1 12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  8

Bobur Zuhriddinov: “Jismoniy holatimizdagi muammolar mag'lubiyatlarga sabab bo'ldi” Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: “Jismoniy holatimizdagi muammolar mag'lubiyatlarga sabab bo'ldi”

Pro liga 27-turidan o'rin olgan “Mashal” – “Turon” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar murabbiyi Bobur Zuhriddinov ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Avvalo “Turon”ni g'alaba bilan tabriklayman, ularning keyingi o'yiniga omad tilayman. O'yinni yaxshi boshlagandik. Ammo birinchi bo'lim oxirida o'tkazib yuborgan golimiz futbolchilarimiz tasir ko'rsatdi. Bu esa ikkinchi bo'limda bizga biroz qiyin bo'lishiga olib keldi. Ammo yigitlar oxirigacha kurashdik va harakat qilishdi. Buning uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiramiz. “Xorazm” bilan o'yinda ham barvaqt qizil olganimiz ham jamoaning jismoniy holatiga tasir qilgandi. 

- “Mashal”ning bu mavsumdagi natijalariga baho bersangiz...

- Jamoa har doim o'z oldiga yuqori maqsad qo'yadi. Bu yil, ayniqsa, ikkinchi davrada ko'p ochko yo'qotdik. Bunga nima sabab bo'lganiga ko'p omillarni ko'rsatish mumkin. Balki jismoniy holat yoki psixologik tasir qilgandir. Yana boshqa jihat bo'lgandir. Ammo buni mavsum yakunida o'rganib chiqamiz. Bu yil vazifani bajara olmadik. Buning uchun uzr so'raymiz. Yo'l qo'yilgan xatolarni kelgusi mavsumda takrorlamaslikka harakat qilamiz. 

- Bu yil jamoa oldiga qanday maqsad qo'yilgandi?

- Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgandi. Bu futbol. Unda hamma narsa ro'y beradi. Bazi jihatlar etishmadi deb aytib o'tdim. Asosan jismoniy holatimizda muammolar kuzatild. Ko'p mag'lubiyatlarga aynan shu jihat etishmasligi sabab bo'ldi deya olaman.

- Legionerlar haqida fikringiz?

- Dastlab ular yaxshi taassurot qoldirayotgandi. Negadir ikkinchi davraga kelib legionerlarda ham pasayish kuzatildi. Men buni moliyaviy jihatga bog'lamayman. CHunki bu borada katta muammo yo'q. Nazarimda, moslashib ketishda qiyinchilikka duch keldi. 

- Kelgusi yilda ham jamoa legioner xizmatidan foydalanadimi?

- To'g'risi, bu savolga javob bera olmayman. Rahbariyat ko'rib chiqib, bir xulosaga keladi. Men shuni ayta olamanki, “Mashal” kelasi yilda yanada kuchli bo'lib, vazifani bajarish uchun intiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика