Belarus chempionatining eng yaxshi o'yinchisi Bobir Abdixoliqovning transfer narxi ko'tarildi
30 noy 2022 15:46
Yangiliklar
Belarus chempionatining eng yaxshi o'yinchisi Bobir Abdixoliqovning transfer narxi ko'tarildi
CHempionatning 391 nafar o'yinchisi yangi ko'rsatkichlarga ega bo'ldi, ammo biz eng muhim o'zgarishga etibor qaratamiz.
"Energetik-BGU" tarkibida mavsumning asosiy kashfiyotlaridan biri bo'lgan Bobir Abdixoliqov faoliyatidagi eng sermahsul (32 o'yinda 27 gol va 8 golli uzatma) mavsumni o'tkazdi. Hujumchi 1 million evro bilan eng qimmat futbolchilar uchligidan joy oldi va haqli ravishda Qozog'iston (2:0) va Rossiya (0:0) bilan kuzgi o'yinlarda terma jamoaga uzoq kutilgan chaqiruvini oldi.
Undan oldinda hozir erkin agentga aylangan "SHaxtyor" Soligorsk sobiq himoyachisi Nikola Antich (1,2 million evro) va BATE mudofaa vakili Yakov Filipovich (1,2 million evro) bormoqda.

Malumot o'rnida, 25 yoshli hamyurtimizning 6 oy oldingi transfer narxi 800 ming evroni tashkil qilgan edi.
Bobir Abdixoliqov - Belarus chempionatining eng yaxshi futbolchisi! U 4ta nominaciyada g'olib bo'ldi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar