So’nggi yangiliklar

22:52Ўзбекистон U-16 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Венгрияга ютқазди  1 22:27Биринчи лига. "Локомотив"лардан 5тадан гол, Бухоро дербисида талабалар ғолиб ва бошқа натижалар  0 22:03Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  5 21:35U-21 биринчилиги. Пешқадамлардан дуранглар, Фарғонада 4:4 ва бошқа натижалар  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  31 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  2 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0 19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  7 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  6 18:45Артём Петросян: "Оддий вазиятларда тўпни йўқотяпмиз. Ҳамма ишлаган режаларимизни эсдан чиқариб юбордик"  4 18:32Шавкат Юсупов: "Олимпик" етарлича муаммолар туғдирди"  3 18:20"Барселона" Рэшфорднинг ҳуқуқларини сотиб олишга тайёр  4 17:57Про лига. "ФарДУ" сафарда "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлубиятга учратди  1 17:47Сергей Лушчан "Навбаҳор"ни тарк этдими?  19 17:40Экитике: "Ливерпуль" мен учун қанча тўлагани қизиқ эмас"  2

Bobir Abdixoliqov nima uchun aynan "Rux" klubini tanladi? Futbolchining agenti bilan suhbat Yangiliklar

Bobir Abdixoliqov nima uchun aynan "Rux" klubini tanladi? Futbolchining agenti bilan suhbat

O'zbekistonlik hujumchi Bobir Abdixoliqov Ukrainaning "Rux" klubi bilan shartnoma tuzdi.

Ushbu transfer amalga oshishida championat.asia sayti va Football Group kompaniyasining hissasi katta bo'ldi. Futbolchining agenti Gayrat Xasbiullin ushbu transfer haqida o'z fikrlarini bildirdi:

"Biz nima uchun aynan "Rux" klubini tanladik? CHunki klubning rivojlanish yo'li bizga maqul keldi. Bunda fikrimiz bir joydan chiqdi. "Rux" xuddi "Nasaf" va "Krasnodar" kabi asosiy etiborni akademiyaga qaratadi hamda yoshlarga ko'p imkoniyat beradi. Ayni paytda "Rux" bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan Ivan Fedik 2013-2014 yillarda "Krasnodar"da ishlab tajriba orttirgan. Bosh murabbiy Eldor SHomurodovni yaxshi tanir ekan, u SHomurodovga qo'ng'iroq qilib Bobir haqidagi malumotlarni so'radi. Ushbu transfer amalga oshishida Maksim SHackixning ham kattagina hissasi bor. U "Rux" vakillariga qo'ng'iroq qilib Bobirni tavsiya qildi.

Ko'pchilik ayni paytda "Rux" klubi egallab turgan o'rnidan kelib chiqib salbiy fikrlar bildirishmoqda. Bu xato fikr, sababi biz klubdagi moliyaviy holat, akademiya, sharoitlar va rivojlanish yo'li bilan tanishib chiqdik. Barchasi alo darajada.

"Rux" klubida 11ta mashg'ulot maydoni bor ekan, basseyn, kortlar, besh yulduzli baza, bir vaqtning o'zida 400 nafar futbolchini qabul qila oladigan ovqatlanish joyiga ega. Yaqin vaqt ichida ushbu klub Ukrainaning top klublari qatoridan joy oladi. "Rux" bir necha yil ichida "SHaxtyor" va "Dinamo" darajasiga etib oladi.

Bundan tashqari biz bosh murabbiy bilan shaxsan gaplashdik va u Bobirni jamoada ko'rishni istashini malum qildi. Bu transfer amalga oshishida juda katta rol o'ynadi. Biz Rossiya premer-ligasiga ko'chib o'tgan va maydon tashqarisida qolib ketgan futbolchilar kabi xatoga yo'l qo'yishni xohlamadik. Bobir uchun bu klub Evropaga tramplin bo'lishiga umid qilamiz va ishonamiz.

"Rux" kombinacion futbol namoyish etadi, bu esa Bobirga mos tushadi. Jamoa pas bilan o'ynashni, to'pni o'zida saqlab turishni xush ko'radi. Bu ham tanlovda muhim ahamiyat kasb etdi".




Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика