So’nggi yangiliklar

15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  9 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  1 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  0 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2 13:52Суперлига интенсивлигини ошириш масаласида IFAB билан расмий келишувлар бошланди  0 13:25"Хоразм" ҳимоячиси жамоа билан ҳамкорлик қилишда давом этади  1 13:01"Барс" "Насаф" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 12:34Марлен Чобанов Ироқ чемпионатига йўл олди  1 12:13"Хоразм" етакчиларидан бири билан шартномани узайтирди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  7 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  6 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  1 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  5

Bobir Abdixoliqov - "Nasaf"ga nima etishmagani, Belarus chempionatidagi mavsum va oldindagi uchrashuvlar haqida Yangiliklar

Bobir Abdixoliqov - "Nasaf"ga nima etishmagani, Belarus chempionatidagi mavsum va oldindagi uchrashuvlar haqida

O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyida bo'lib o'tadigan Qozog'iston va Rossiya bilan o'yinlariga chaqirilgan "Energetik-BGU" hujumchisi Bobir Abdixoliqov saytimizga fikrlarini bildirdi.


"CHempionat biz uchun yaxshi o'tdi. Jamoa yangi tarix ochdi. Kumush medallarga ega chiqdi. O'zim to'purar bo'ldim. Kayfiyat ajoyib",- deydi Bobir Abdixoliqov. 

- Terma jamoada so'nggi bor qachon o'ynaganingizni eslay olasizmi?

- Oxirgi marotaba Suriyaga qarshi 2020 yil maydonga tushgandim. Sabr qilib o'z ustimda ishladim. SHu kuni chaqirilishim nasib qilgan ekan. 

- Bo'lajak raqiblarimiz haqida nima deya olasiz?

- Bugun Qozog'istonni o'rganib chiqdik. Himoyaviy va uzun paslar bilan to'p tepadi. Ertaga muxlislarimizni kutib qolamiz. Ko'proq ishqibozlar kelishiga umid qilaman. 

- Keyingi yil qaysi klubda o'ynashingiz barchani qiziqtiradi...

-  Navbatdagi mavsumda qaerda o'ynashim yaqinda aniq bo'ladi. 

- Superligani kuzatib bordingizmi? "Nasaf"ga nima etishmadi?

-  Albatta kuzatdim. "Nasaf"ni o'zida qo'lida edi. Kerakli o'yinlarda g'alaba qozona olmadi. 

- Belarus chempionatining darajasi qanday ekan?

- Belarus chempionati saviyasi yaxshi. "SHaxtyor Soligorsk", BATE, "Dinamo Minsk" ECHL,  Konferenciyalar ligasida o'ynaydi.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика