So’nggi yangiliklar

00:40АПЛ. "Арсенал" меҳмонда 90+4 дақиқада урилган гол туфайли ғалабани қўлдан чиқарди  12 00:34Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср", "Ал Иттиҳод" ва "Ал Аҳли" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтди, Роналду яна пенальтидан гол урди  0 00:30Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Леванте"ни мағлуб этди, Гризманн захирадан майдонга тушиб, дубль қайд этди  1 00:13Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" 1:3  0 23:49"Челси" — "Вулверхэмптон". Таркиблар маълум  0 23:38Бундеслига. "Байер" 6:0 ҳисобида ғалаба қозонди, "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" меҳмонда очко йўқотди  0 23:23Отабек Нарзуллаев: "Қарши ҳужум тактикасида ўйнаб ғалаба қозондик"  3 22:55ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди  121 22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  44 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  23 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0 21:25Суперлига. "Қўқон-1912" – "Пахтакор" 0:0  0 21:01Вадим Абрамов: "Самарқанддаги мағлубият аламини олдик"  8 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  3 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  181

BMB braziliyalik futzalchini tanishtirdi Yangiliklar

BMB braziliyalik futzalchini tanishtirdi

2021 yil dekabr oyida tashkil etilgan BMB futzal klubi shu yilning o'zidayoq oliy ligaga chiqishni maqsad qilgan.

Bu mavsum futzal bo'yicha O'zbekiston birinchi ligasida ishtirok etayotgan jamoa dastlabki 3 tur yakunlariga ko'ra, 23 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Bu jamoa o'tkazgan 9 o'yinda 91ta gol urishning uddasidan chiqdi va bu borada qoyil qolsa arziydi.


BMB futzal klubi kuchli tarkibga ega bo'lishiga qaramay, rahbariyat jamoani yanada kuchaytirish maqsadida braziliyalik futzalchini taklif etdi. To'liq ismi Fernando Rodriges de Souza bo'lgan futzalchi Latviyaning "Rapid" futzal klubidan taklif etildi. Bugun poytaxtimizdagi "Wyndham" mehmonxonasida yangi mehmonni keng ommaga tanishtirish marosimi o'tkazildi. 


Tanishtiruv marosimidan oldin BMB futzal klubi asoschisi hamda prezidenti, BMB Trade Group kompaniyasining Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov so'zga chiqib shunday dedi:

- Yurtimizda sportni juda sevishadi. Ayniqsa har bir fuqaroning muntazam sport bilan shug'ullanishi va shu orqali o'z sog'lig'iga etibor berishi muhtaram Yurtboshimiz tomonidan bot-bot takrorlanmoqda. Biz ham yaxshi niyat bilan o'tgan yil BMB futzal klubini tashkil etdik va bu yildan birinchi liga bahslarida ishtirok etishni boshladik.

- Nasib qilsa, shu yilning o'zidayoq oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritib, kelasi yil O'zbekiston chempioni bo'lish vazifasini qo'yamiz. Men o'zim ham futbol va futzalni juda sevaman. Haftada ikki-uch marta bo'sh vaqt bo'ldi deguncha yig'ilib to'p tepib turamiz.

- O'ylaymanki, BMB futzal klubi O'zbekistonda futzal rivoji uchun munosib hissa qo'shadi. Tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida braziliyalik legionerni taklif etdik. Bunday transferni futzal klublari orasida birinchi bo'lib amalga oshirganimizdan xursandmiz".


SHundan so'ng Fernando Rodriges de Souzaning BMB futzal klubi bilan shartnoma imzolash marosimi o'tkazildi. SHamtnoma imzolab bo'lingach, klub rahbari Bekzod Mamatqulov yangi futzalchiga 20-raqamli libosni topshirdi. Bugungi anjumanda BMB futzal klubi rahbariyati bilan birgalikda jamoa azolari, O'FA  va PFL xodimlari, shuningdek OAV vakillari ishtirok etishdi.


Tanishtiruv marosimidan so'ng braziliyalik futzalchi jurnalistlarga intervyu berar ekan, O'zbekistonga faqat yuqori maqsadlarni ko'zlab tashrif buyurganini aytib o'tdi va BMB futzal klubidagi o'yinlari orqali tez orada muxlislar ishonchini qozonishga harakat qilishini bildirdi.

X.Xoliqov. 


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика