So’nggi yangiliklar

21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  207 21:00Суперлига. "Қизилқум" – "Бунёдкор" (матнли трансляция)  12 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  16 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  5 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  0 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  1 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  6 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  9 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0

Blogerlar chempionatiga hozircha 60 dan ortiq ariza kelib tushdi Yangiliklar

Blogerlar chempionatiga hozircha 60 dan ortiq ariza kelib tushdi

21 mart kuni o'zbek blogerlari o'rtasidagi ikkinchi chempionatga start berilgan edi.
Hozirgacha tanlovga 63 ta ariza kelib tushdi.

Tanlovga kelib tushayotgan blogpostlar turli mavzuda, turli janrda bo'lib, ular o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otmoqda.

http://blog.telegraf.uz saytida tanlov uchun taqdim etilgan ishlarga hakamlar tomonidan berilgan baholarni o'sha zahotiyoq ko'rish imkoniyatining borligi ko'pchilikda yanada qiziqish uyg'otmoqda va turnirga o'zgacha ruh baxsh etyapti.



Blogpostlarga hakamlar tomonidan qo'yilayotgan baholarni ko'rish

Yana bir etiborli tomoni, saytda blogpostlarga mushtariylar tomonidan ko'plab fikrlar bildirilmoqda. Hozircha jami izohlar soni 573 tani tashkil qilmoqda. Bu o'rtacha, har bir blogpostga 9,5 tadan izoh qoldirilgan degani.

SHuningdek, saytda blogpostlar reytingi ham mavjud bo'lib, unda kim etakchilik qilayotganini ko'rish mumkin.


TOP-10 blogpostlar reytingi

Eslatib o'taman, blogerlar chempionati 3 bosqichda o'tkaziladi va birinchi bosqich uchun arizalar 2 aprel kunigacha qabul qilinadi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar soni cheklanmagan bo'lsa, ikkinchi bosqichda (7-14 aprel) 30 nafar eng yaxshi bloger kuch sinashadi. Final bosqichida esa (19-26 aprel) 10 nafar bloger g'oliblik uchun kurash olib boradi.

Tanlovda nafaqat blogi borlar, balki blog yuritmaydigan shaxslar ham bemalol ishtirok etishi mumkin. Ular o'z ishlarini uzblogerlar@gmail.com elektron manziliga yuborishlari mumkin, ularning ishlari Fikr.uz saytida elon qilinadi.

CHempionat O'zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining moliyaviy ko'magida tashkil qilinayotgan bo'lib, 1-o'ringa 4 mln. so'm, 2-o'ringa 2 mln. so'm, 3-o'ringa 1 mln. so'm mukofot beriladi.

SHuningdek, qator nominaciyalar bo'yicha ham g'oliblar aniqlanadi, xususan, “Vatanparvalik mavzusida yozilgan eng yaxshi ish” (750 ming so'm), “O'zbekistonda yoshlar hayotini yoritgan eng yaxshi bloger” (500 ming so'm), “Ijtimoiy muammolarni noodatiy tarzda yoritgan bloger” (eng sara badiiy kitoblar to'plami), “Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilgan eng yaxshi bloger” (500 ming so'm), “IT Blog” (3 nafar blogerga 2 yil muddatga 500 mb. xosting ajratadi hamda tanlangan blogerlarga www.index.uz texnoblogida 3 ta tekin PR-maqola joylashtirish huquqi) nominaciyalari mavjud.

Bundan tashqari, “O'z ishlarida o'zbek tilining imlo qoidalariga amal qilgan eng yaxshi bloger” nominaciyasi ham tashkil qilingan bo'lib, g'olibga O'zbekiston Milliy enciklopediyalar to'plami (13 ta tom) taqdim etiladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика