So’nggi yangiliklar

"Biz "Real" haqida o'ylamasligimiz kerak" - Gavi Yangiliklar

"Biz "Real" haqida o'ylamasligimiz kerak" - Gavi

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi xalqaro tanaffusdan keyin bo'lib o'tgan asosiy tarkibdagi ketma-ket ikkinchi o'yinidan so'ng fikrlarini bildirdi.

U "Jirona"ga qarshi o'yinda 4-2-3-1 sxemasining chap qanotida harakat qildi.

"Murabbiy meni maydonda turli poziciyalarda ko'radi, har qanday nuqtada o'ynay olishimga ishonaman, chunki menda to'g'ri mentalitet bor, garchi bazi poziciyalar men uchun qulayroq bo'lishi mumkin. Lekin men o'z ishimni bajarishga va yaxshi natijalar ko'rsatishga doim tayyorman.

Biz "Real" Madrid haqida o'ylamasligimiz, faqat o'zimizga etibor qaratishimiz kerak, chunki hammasi o'zimizga bog'liq. Agar barcha o'yinlarda g'alaba qozonsak, La Liga chempionligini qo'lga kiritamiz. Biz o'zimizga ishonamiz va muxlislarimiz ham bizni qo'llab-quvvatlamoqda", – dedi Gavi.

Gavi joriy mavsum "Barselona" safida 28 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика