Birxoff: "Ozilni Erdogan bilan surati uchun uzr so'rashga ko'ndira olmadik"
06 iyu 2018 17:43
Yangiliklar
Birxoff: "Ozilni Erdogan bilan surati uchun uzr so'rashga ko'ndira olmadik"
Germaniya terma jamoasi menejeri Oliver Birxoff milliy jamoa yarim himoyachisi Mesut Ozil Turkiya prezidenti Rajab Erdo'g'an bilan tushgan surati uchun nega uzr so'rmaganligi haqida aytdi.
Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi futbolchilari Mesut Ozil va Ilkay Gyundogan Turkiya etakchisi bilan uchrashishgan edi. Bu voqea nemis jamoatchiligi tomonidan tanqid qilindi.
"Germaniya terma jamoasida futbolchilarni majburlash yo'q. Biz ularga sabablarini tushuntirishga harakat qilamiz. Ammo Ozil bilan bunday bo'lmadi. U bizga hech narsa deya olmadi, biroq Ilkay Gyundogan hammasi haqda batafsil gapirib berdi. Ular tanqidlar ostida qolib ketishdi" - deydi Birxoff.
Fikrlar