IShowSpeed Qozog'istonga keladi
05 sen 12:41
Yangiliklar
IShowSpeed Qozog'istonga keladi
Yaqinda bir muxlis bilan uchrashuv chog'ida strimer: "Xavotir olmang, men Qozog'istonga kelaman".
Taxminlarga ko'ra, gap 30 sentyabr kuni Olmaota shahrida bo'lib o'tadigan "Qayrat" – "Real" uchrashuvi haqida ketmoqda.
Sports24.kz manbasi yozda strimer ikki shahar Olmaota yoki Ostonadan birini tanlayotgani haqida xabar bergandi. Takidlanishicha, IShowSpeed albatta Qozog'istonda bir nechta jonli efirlar olib boradi, ularning har biri o'zi joylashgan shaharga bag'ishlanadi.
IShowSpeed (haqiqiy ismi Kichik Darren Uotkins) – IShowSpeed laqabi bilan butun dunyo bo'ylab tanilgan 19 yoshli amerikalik strimer va bloger. Uning YouTube va TikTok'dagi eshittirishlari millionlab tomoshabinlarni o'ziga tortadi. U strimlardagi aql bovar qilmas xatti-harakatlari, yovvoyi energiyasi va Krishtianu Ronalduga cheksiz muhabbati bilan nom qozongan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar