So’nggi yangiliklar

22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  0 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  49 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  212 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  13 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  4 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1

Birinchi liga. “Xorazm” – “Paxtakor-2” uchrashuvi sharhi Yangiliklar

Birinchi liga. “Xorazm” – “Paxtakor-2” uchrashuvi sharhi

Teglar :  Paxtakor-2Xorazm
Ushbu jamoalar uchrashuvi tom manoda revansh o'yini edi. Vaholanki, poytaxtlik “charm to'p” ustalari ikkinchi bosqichning ettinchi turida o'z maydonida “Xorazm” jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishgandi.

SHu jihatdan, urganchlik futbolchilar bu safar g'alaba qozonishni maqsad qilishgandi. Darhaqiqat, shunday ham bo'ldi. Maydon egalari 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Bevosita bellashuv tafsilotlariga to'xtalsak, darvoza tomon birinchi xavfli zarba 12-daqiqada amalga oshirildi. Mezbonlar vakili Temur Bekchanovning o'ttiz metrlar chamasi tepgan to'pini toshkentliklar posboni Botirali Ergashev mohirona tarzda o'ng burchakka chiqarib yubordi. Kezi kelganda aytib o'tish joizki, bu darvozabonning baland bo'yliligi bahs davomida bir necha  vaziyatlarda qo'l keldi. Oradan bir daqiqa o'tib Abror Husinov qulay imkoniyatni qo'ldan  chiqardi. Uning yaqin masofadan boshi bilan bergan zarbasidan so'ng to'p darvoza chizig'i oldida erga urilib, to'sin ustidan o'tib ketdi. 15-daqiqada Temur Ismoilov- Marks Quramboev kombinaciyasi ham xavfli tus oldi. Nihoyat, bo'lim o'rtalarida maydon egalari niyatlariga erishishdi. 25-daqiqada Temur Ismoilovning mehmonlar jarima maydonchasiga uzatgan to'pni Temur Bekchanov juda yaqin masofadan  mehmonlar darvozasining o'ng pastki burchagiga joylab qo'ydi, 1:0. SHundan keyin, ochig'i 37-daqiqada poytaxtlik futbolchilar jarima zarbasiga ega bo'lishdi. Behruz Sadullaevning deyarli o'ttiz metrdan bajargan zarbasi muxlislarni biroz hayojonga soldi. O'z navbatida to'p darvozaning ustidan o'tib ketdi.

Ikkinchi bo'lim ham mezbonlarining to'liq ustunligida kechdi. O'yin asosan, maydonning “Paxtakor-2” jamoasiga tegishli qismida davom etdi. Mehmonlar mazkur bo'limda himoya taktikasini qo'llashni lozim topishgani ko'rinib turdi. Agarda, urganchlik futbolchilar yaratilgan imkoniyatlarning aqalli 50 foizidan unumli foydalanishganida uchrashuv yirik hisobda yakunlanishi mumkin edi. Biroq, Temur Ismoilov, Temur Bekchanov, Ilyos Xayrovlar darvozabon bilan deyarli yakkama-yakka chiqishib, hisobni oshirishni uddalay bilishmagani tufayli oradagi farq o'zgarmay turdi. Qolaversa, ayrim vaziyatlarda jamoadoshlarini o'zlarining aniq to'p uzatishlari bilan qo'llab-quvvatlagan SHahzod Mannonov va Omadjon Toyloqovlarning harakatlari o'yingohga yig'ilgan ishqibozlarda iliq taassurotlar qoldirdi. Umuman, uchrashuv tugashiga to'rt daqiqa qolganida hisob 2:0 ko'rinish oldi. “Xorazm” jamoasining ushbu uchrashuvdagi eng foydali o'yinchilaridan biri Omadjon Toyloqov gol muallifiga aylandi. Qo'shimcha vaqtda toshkentliklar oradagi tafovutni bir to'pga qisqartirishlari mumkin edi. Biroq, Bilolxon Toshmirzaevning jarima zarbasini vohaliklar darvozaboni G'ayrat O'daev mohirlik bilan bartaraf etdi.

SHunday qilib, Vali Sultonov shogirdlari revanshni uddasidan chiqishdi. Buning evaziga “Xorazm” jamoasi oliy liga yo'llanmasi uchun kurashayotgan jamoalar qatoridagi o'rnini saqlab qoldi.
   
Ikkinchi bosqich. 10- tur. 3 oktyabr (shanba).
“Xorazm” (Urganch) – “Paxtakor-2” (Toshkent) – 2:0 (1:0). Yangibozor tumani o'yingohi. 312 tomoshabin.
Hakamlar: D. Jalimov (Nukus) – 8,0, J. Sarsenov (Nukus) – 8,2, B. Qannazarov (Nukus) – 8,2, A. Alimov (Urganch)- 8.
“Xorazm”: 35.G'ayrat O'daev. 2.SHahzod Mannonov(11.Azamat Yo'ldoshev,86),  3.Nizomiddin Otaniyozov, 5.Temur Ismoilov, 7.Marks Quronboev, 8.Xayrulla Jakparov(6. Sardor Matmurotov,57), 10.Temur Bekchanov(Oxunjon Razzoqov,82), 14.Jasur Otajonov, 15. Ilyos Xayrov, 17.Omadjon Toyloqov, 18.Abror Husinov.
“Paxtakor-2”: 1.Botirali Ergashev(12.Valijon Rahimov,46), 3.Dian Talxatov, 4.Dilmurod Qodirov, 7.Behruz Sadullaev. 14.Sobit Sindorov(20.Ahmadjon Fayziev,71), 15. Bilolxon Toshmirzaev. 17.Adhamjon Ahmadjonov, 18.Abdullajon Ibragimov. 19.Muhammad Komilov(25. Oybek Nurmatov,46), 23.Mo'minxo'ja Burxonov, 28. Ramziddin To'xtanazarov.
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).
Gollar: T. Bekchanov (25), O. Toyloqov (86).
Ogohlantirish: A. Husinov (29), N. Otaniyozov (55), J. Otajonov (hammasi “Xorazm”, 58).
CHetlatish: N. Otaniyozov (“Xorazm”, ikkinchi ogohlantirish, 90+3).
 
Ikrom  XUDOYBERGANOV,

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика