So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  4 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  21 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  16 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

Birinchi liga va U-21 chempionati formatini o'zgartirish bo'yicha taklif Yangiliklar

Birinchi liga va U-21 chempionati formatini o'zgartirish bo'yicha taklif

Superliga yakunlanishiga bir necha tur qolganda ishtirokichilar sonini 16ta qilish haqida o'ylab qoldik.

Lekin men bu haqida emas, Birinchi liga va U-21 chempionatining formatini qayta ko'rib chiqish haqida anchadan beri o'ylamoqdaman. 

Klublarni saqlab qolish uchun harakat

Birinchi ligada bu yil ko'p jamoalar qiynaldi. O'zim Birinchi liga klubida ishlagan xodim sifatida aytmoqdaman.  "Rubin" yopilib ketdi, "Neftgazmontaj" keyingi yil ishtirok etish yoki etmasligi so'roq ostida. Klub hali xodimlari oldidagi qarzni yopmagan. Bunday muammo boshqa klublarni ham qiynayotgani tayin. Safar o'yinlariga borishda ko'p klublar qiynaldi, yani moliyaviy tomondan. Agar Birinchi ligani formatini o'zgartirib, viloyat birinchiligi g'oliblarini kuzda to'plab, 10 kun ichida Birinchi liga tarzida o'tkazilsa, moliyaviy tomondan ularning bunga imkoni etadi. Baribir mavsum o'rtasida turli sabablarga ko'ra yopilib ketmoqda. Demoqchi bo'lganim hozirgi U-16 chempionati formatida qisqa vaqtda o'tkazib olsa bo'ladi. SHunda Pro ligaga 2ta jamoa chiqadi. Pro ligadan tushib ketgan 2ta klub o'z viloyati birinchiligida ishtirok etaveradi. Bu orqali biz viloyat birinchiliklarini kuchaytirib, klublarni saqlab qolishimiz mumkin. Menimcha keyingi yildan buni yo'lga qo'ysa bo'ladi. Aks holda navbatdagi mavsumda Birinchi ligada qatnashaman, deb chirangan klublar soni yana mavsum o'rtasiga kelib kamayishi ehtimoli bor. SHuningdek Birinchi ligada bu mavsum to'rtta poytaxt klubi ishtirok etgani ham etirozlarni keltirib chiqardi. Yuqorida aytgan formatimda Birinchi liga o'tkazilsa, barcha viloyat birinchiliklarida g'olib chiqqan klublarni qamrab olishni imkoni bor. Ular qisqa muddatli turnirga yaxshi tayyorlana olishadi va moliyaviy tomondan qiynalishmaydi. 



U-21 chempionati. Superligadan bosh jamoa bilan birga o'rinbosarlari ham tushib ketmasligi zarur

Har bir klubning o'rinbosarlar klubi bor. Lekin bir narsa borki, agarda klub Superligadan tushib ketadigan bo'lsa, U-21 jamoasi ham tarqatib yuboriladi. Deylik yaxshi akademiya va yoshlar jamoasiga ega "Mashal" Pro ligaga yo'l oldi. Klub o'rinbosarlari nima bo'ladi? Yo'q, faoliyati tugatiladi. Taklifim shuki, U-21 chempionati alohida tarzda o'tkazilishi maqsadga muvofiq bo'lardi. Bu borada tajribali mutaxassis Dilshod Nuraliev "Dubl 21" loyihasida aytib o'tgandi. 

"To'g'ri, birorta jamoa Superligadan tushib ketib, Proligada o'ynasa o'z-o'zidan o'rinbosarlar tarkibi tarqalib ketadi. CHunki Proliga klublarida U-21 jamoalari yo'q. SHu bois bu haqda jiddiy bosh qotirish kerak deb o'ylayman. Xuddi Superliga kabi U-21 chempionati ham alohida musobaqa. Har ikkala turning o'z jadvali bor. Agar bizda ham Angliyadagi kabi U-21 chempionati alohida musobaqa bo'lsa, maqsadga muvofiq bo'lardi",- deydi Dilshod Nuraliev. 


O'zPFL bu borada yaxshilab o'ylab ko'rishi kerak bo'ladi! 


Abdulaziz Iskandariy

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика