So’nggi yangiliklar

01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  0 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  0 00:45Конференциялар лигаси саралаши финали. "Истанбул Башакшеҳир" дастлабки ўйинда мағлуб бўлди, Файзуллаевда дебют, Шомуродовда тўлиқ ўйин  55 00:29"Манчестер Юнайтед" трансфер ойнаси ёпилгунга қадар "Штутгарт" футболчисини сотиб олишни истамоқда  1 00:14"Милан" вингери АПЛ клубига ўтди  1 23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38

Birinchi liga. "UzDongJu" - "Cementchi". Prevyu Yangiliklar

Birinchi liga. "UzDongJu" - "Cementchi". Prevyu

7 iyun O'zbekiston birinchiligining navbatdagi 14-tur bahslariga start beriladi.

O'tgan turda dam olgan “Cementchi” navbatdagi turda Andijonda “Uz-Dong-Ju” klubi mehmoni bo'ladi. Ushbu mavsumda  uy uchrashuvlarini Andijon shahrining “Barkamol avlod” o'yingohida o'tkazayotgan “Uz-Dong-Ju” jamoasi bu safar ham jamoamizni ushbu maydonda qabul qiladi.

SHo'rbuloqliklar rahbariyati ushbu mavsumda jamoada katta  o'zgarishlarni amalga oshirdi. Klubga asosan iqtidorli futbolchilarni taklif etib tarkibni deyarli barcha mahalliy yosh futbolchilar bilan tuzib chiqdi.  Bu o'zgarishlar jamoa azolarining biroz tajribasizligi mavsum avvalidan o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. 

“Uz-Dong-Ju” shu kungacha o'tkazilgan uchrashuvlarda 12ta uchrashuvda maydonga tushib 10 ochko bilan musobaqa jadvalining so'nggi pog'onasini egallab turibdi.

“Uz-Dong-Ju” hamda “Cementchi” jamoalarning uchrashuvlari  tarixiga nazar tashlasak, o'zaro 8 bor to'qnash kelishganiga guvoh bo'lamiz.

O'tkazilgan uchrashuvlarda o'zaro tenglikni ko'rishingiz mumkin. Har ikkala jamoa 4 marotabadan zafar quchishgan, to'plar nisbatiga ko'ra sho'rbuloqliklar biroz ustun 12:9 Uz-Dong-Ju foydasiga.

Ushbu bahslar tarixining yana bir alohida etiborga molik tomoni shundan iboratki, bugungi kunda jamoamizni boshqarib kelayotgan murabbiylarimiz Abdumalik Hakimov va Ilhomjon Zaylobitdinovlar futbolchi sifatida “Cementchi” tarkibida to'p tepishgan paytlarida o'zaro uchrashuvlarda “Uz-Dong-Ju” jamoasi darvozasini ishg'ol qilishgan. I.Zaylobitdinov bir marotaba raqib darvozasini aniq nishonga olgan so'lsa A.Hakimov ikki uchrashuvda ikki bor gol kiritib jamoamizga g'alaba keltirgan.

O'zaro uchrashuvlar tarixi bilan tanishing.

2006 yil

 5-tur. 29 aprel (shanba)

UzDongJu (Andijon) – Cementchi  (Quvasoy) – 2:1.

Gollar: M. Maxmudov (59), X. Mahmudov (89), - Z. Qurbonov (19)


2006 yil

34-tur. 13 oktyabr (juma)

Cementchi  (Quvasoy) –UzDongJu (Andijon)– 2:0.

Gollar: I.Zaylobiddinov (66 pen), A.Hakimov (69 pen)


2007 yil

1-tur. 27 mart (seshanba)

Cementchi  (Quvasoy) – UzDongJu (Andijon)– 1:0

Gol: A.Hakimov (78)


38-tur. 6 noyabr (seshanba)

UzDongJu (Andijon) – Cementchi  (Quvasoy) – 6:0.

Gollar: Q. Abduqodirov (9 pen, 81), A.Iminov (10, 21), S.Maxmudov (19 avtogol), R.Raxmonov (61)


Birinchi bosqich 11- tur. 19-may  (seshanba)

UzDongJu (Andijon) – Cementchi  (Quvasoy) – 2:1.

Gollar: A.To'xtasinov (17) F.Soloxidinov (90) – R.Meliboev (77)


Birinchi bosqich 12- tur. 26-may  (seshanba)

Cementchi  (Quvasoy) –– UzDongJu (Andijon) 2:0.

Gollar: YO.Akbarov (80, 86)


2016 yil

12- tur. 29-may  (yakshanba)

Cementchi  (Quvasoy) – UzDongJu (Andijon) 0:1

Gol: Islom Karimov


2016 yil

25- tur. 10-sentyabr  (yakshanba)

UzDongJu (Andijon)  - Cementchi  (Quvasoy)  1:2

Gollar: Islom Karimov, Elyor Mamasoliev, Raxmatillo Meliboev

Demak jamoalarning navbatdagi uchrashuvi 7 iyun chorshanba kuni Andijon shahrida “Barkamol avlod” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv 18:00 da boshlanadi.


O'zbekiston birinchiligi 14-tur uchrashuvi.

7 iyun. (chorshanba)

18:00 - Uz-Dong-Ju (Andijon) – Cemetchi (Quvasoy)

Hakamlar: V.Serazitdinov (Toshkent), I. Nosirov (Namangan), M. Nexochin (Namangan)

Nazoratchi: T. Abdullaev (Toshkent).


Cementchi PFK Zuxriddin Abdullajonov.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика