So’nggi yangiliklar

19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  0 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  7 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  11 18:11Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 1:0 (матнли трансляция)  16 17:463 та голга ассистентлик қилган футболчи, рақибни тор-мор келтирган мураббий, 22 ёшли посбон — Суперлигада 20-турнинг энг яхшилари​  0 17:20Ўзбекистонда футбол соҳаси рақамлаштирилади  5 17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0 17:00“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2025” спорт мусобақалари ўтказилди  0 16:44Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"да йўқотишлар мавжуд  0 16:18"Футбол олами". "Пахтакор" "Андижон"ни тор-мор этди, "Нефтчи"да йирик ҳисобдаги ғалаба, "Навбаҳор"да жанговар дуранг  1 16:08Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  9 15:50Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади  65 15:30"Реал" "Олтин тўп"га даъвогар футболчини сотиб олиши мумкин  4 15:05Бекзод Маматқулов: "2026 йилдан барча футзал клублари алоҳида юридик ташкилотга айланади. Энди футбол клубларига оғирлиги тушмайди. Роналдиньо билан келишиб олгандик, лекин..."   2

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 11-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 11-tur statistikasi

22-23 may kunlari birinchi liganing birinchi bosqich o'yinlari yakuniga etdi. Odatdagidek tur statistikasini etiboringizga havola etamiz.
“BANKIRLAR” “OQ-TEPA”NI MAG'LUB ETDI YOXUD “XOTIRA-79” BIRINCHI BOSQICH PESHQADAMI BO'LDI!
22 may kuni “Qo'qon-1912” o'z maydonida “UzDongJu”ni qabul qildi va 2:1 hisobida irodali g'alabaga erishdi. Garchi qo'qonliklar bu turda g'alaba qozongan bo'lsa-da, birinchi bosqichni 3-o'rinda yakunladi.

“Bunyodkor-2” esa “Obod”ni qabul qilib kutilmaganda imkonyatni boy berdi.

Namangan derbisida “Xotira-79” “Kosonsoy”ni mag'lub etdi. Ushbu g'alabadan keyin uychiliklar turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.  

11-turda Toshkentda ham derbi bo'lib o'tdi. “Istiqlol” – “Paxtakor-2” bahsida maydon egalari yirik 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

Yana bir poytaxt kichik derbisi muxlislarning diqqat markazida bo'ldi. Oliy ligaga chiqishni ko'zlayotgan “Oq-tepa” o'z maydonida “NBU-Osiyo”ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan bahsda tajriba baribir o'z so'zini aytdi. Mezbonlar har qancha harakat qilmasin, “bankirlar” yakunda 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu turda bosh murabbiysiz qolgan “CHust-Paxtakor” “Lokomotiv-BFK”ni qabul qilib uchrashuv so'nggilarida g'alabani qo'ldan chiqardi.

GOLLAR
* 11-turning jami 6ta o'yinida 19ta gol qayd etildi. Bu har bir o'yinga o'rtacha 3,16tadan gol demakdir.
* Kiritlgan gollarning 10tasi mezbonlar hisobiga yozildi.
* Qolgan 9ta to'pni mehmonlar kiritgan.
* Uchrashuvlarning birinchi taymida muxlislar 8ta golga guvoh bo'ldi.
* Ikkinchi bo'limda esa yana 11ta gol kiritildi.
* Mazkur turda hakamlar 3ta penalti belgiladi. Etiborlisi ularning hammasi aniq amalga oshirilgan!
Penalti tepgan futbolchilar:
  Isroil Tursunov – “Istiqlol”
  Rasul SHuhratov – “Obod”
  SHahboz Jumaboev – “UzDongJu”
* Ushbu turda 3ta futbolchi dubl qayd etdi.
* Azamat Roziqov – “Istiqlol”
  Otabek Haydarov – “Qo'qon-1912”
  Baxtiyor Qosimov – “Obod”
* Xet-trik qayd ettgan futbolchi Isroil Tursunov bo'ldi!

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Ogohlantirishglar haqida gap ketganida 11-turda hammasi bo'lib 22ta sariq kartochka kuzatilganini aytish mumkin.
* Bu har bir o'yinga o'rtacha miqdorda 3,66tadan sariq kartochka demakdir.
* Mezbon jamoa futbolchilarining 11 nafari sariq bilan “siylangan” bo'lsa, mehmonlardan 11ta o'yinchi ogohlantirilgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 8ta sariq kartochka ko'rsatilgan!
* Ikkinchi taymda esa yana 14ta sariq kartochka qayd etilgan!
* “Oq-tepa” sariq kartochka olmagan yagona va shu bilan birga intizomli jamoa bo'ldi!
* “Oq-tepa” – “NBU-Osiyo” bahsida bosh hakam atiga bitta futbolchini sariq bilan “siylagan”
* 11-turda atiga bitta futbolchi qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
“Kosonsoy” futbolchisi Abdug'ofur Abdulboqiev “Xotira-79”ga qarshi kechgan bahsning 27-daqiqasida maydondan chetlatilgan.  

MUXLISLAR
Ushbu turning 6ta o'yiniga jami 10796 nafar muxlis qadam ranjida qildi. Har bir uchrashuvga o'rtacha 1799,33tadan tomoshabin demakdir.

* Eng ko'p ishqiboz tashrifi yana Qo'qonda kuzatildi. “Qo'qon-1912” – “UzDongJu” bahsini 6352 nafar tomoshabin bevosita stadionda o'tirib kuzatgani uchrashuv qaydnomasida yozib ko'rsatilgan!

* Aksincha eng kam tomoshabin Toshkentda kechgan “Bunyodkor-2” – “Obod” bahsida kuzatildi. 27 nafar muxlis!   

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Qo'qon-1912  – Uz-Dong-Ju– 2:1. 6352 tomoshabin.
Bunyodkor-2 – Obod - 1:3. 27 tomoshabin.
Xotira-79 – Kosonsoy – 1:0. 3007 tomoshabin.
Istiqlol – Paxtakor-2 – 5:1. 112 tomoshabin.
Oq-tepa  – NBU-Osiyo  – 0:3. 495 tomoshabin.
CHust-Paxtakor – Lokomotiv-BFK – 1:1. 803 tomoshabin.

11-TURDAN KEYINGI VAZIYAT

#

Jamoa

O'

YU

D

M

UG - O'G

T-N

Ochk

1

Xotira-79

11

7

2

2

16 - 9

7

23

2

Oq-tepa

11

7

1

3

17 - 13

4

22

3

Qo'qon-1912

11

6

4

1

19 - 7

12

22

4

NBU-Osiyo

11

6

2

3

18 - 11

7

20

5

Obod

11

6

0

5

18 - 17

1

18

6

Kosonsoy

11

5

1

5

23 - 19

4

16

7

Istiqlol

11

5

1

5

23 - 25

-2

16

8

UzDongJu

11

4

0

7

15 - 18

-3

12

9

Lokomotiv BFK

11

2

5

4

9 - 13

-4

11

10

Bunyodkor-2

11

2

3

6

13 - 20

-7

9

11

Paxtakor-2

11

2

3

6

10 - 20

-10

9

12

CHust-Paxtakor

11

2

2

7

12 - 22

-10

8


TO'PURARLAR:
Isroil Tursunov (“Istiqlol”) – 11ta.
Farhod SHokirov (“CHust-Paxtakor”) – 8ta.
Abdurazzoq Jo'raev (“Kosonsoy”) – 8ta.
Islombek Isoqjonov (“Xotira-79”) – 7ta.
Abdulatif Abduqodirov (“NBU-Osiyo”) – 7ta.

OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR

12-tur. 31 may (shanba)
 “Uz-Dong-Ju” – “Qo'qon-1912”
 “Obod” – “Bunyodkor-2”
 “Paxtakor-2” – “Istiqlol”
 “NBU-Osiyo” – “Oq-tepa”
2 iyun (dushanba)
 “Lokomotiv-BFK” – “CHust-Paxtakor”
 “Kosonsoy” – “Xotira-79”

Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика