So’nggi yangiliklar

21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:20Суперлига. "Бунёдкор" – "Бухоро" (матнли трансляция)  7 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  0 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  66 20:49"Ал Васл" — "Бани Яс". Таркиблар маълум  1 20:33"Шарлеруа" — "Антверпен". Таркиблар маълум  0 20:04АПЛ. "Челси" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Лондон дербиси нурсиз дуранг билан якунланди  16 19:55Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Сурхон"ни ишончли ҳисобда енгди  8 19:34"Манчестер Юнайтед" — "Арсенал". Таркиблар маълум  15 18:41Расмус Хойлундга Германиядан даъвогар пайдо бўлди  0 17:43ПСЖ футболчиси АПЛ клуби сафига ўтди  1 16:36"Манчестер Сити" Родриго бўйича қарор қабул қилди  6 16:04ПСЖ форварди АПЛга йўл олиши мумкин  0 15:31"Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2

Birinchi liga. Pasayishdan to'xtamayotgan "Guliston" Yangiliklar

Birinchi liga. Pasayishdan to'xtamayotgan "Guliston"

O'tgan yili Baxtiyor Ashurmatov “Guliston”ni oliy ligada kurashchan jamoaga aylantira olgandi.
Klub debyutant bo'lishiga qaramay, raqiblariga jiddiy qarshilik tug'dira olgandi. Biroq yuzaga kelgan moliyaviy muammolar jamoani “parchalanib” ketishiga sabab bo'ldi. “Guliston” birinchi ligaga ravona bo'lgach, jamoani deyarli 95 foiz futbolchisi tark etib ulgurdi. Bu yil asosan mahalliy o'yinchilar hisobiga tarkib yig'gan rahbariyat boshqaruv postiga ham gulistonlik murabbiylarni jalb etishga qaror qildi.

Aftidan bu yil ham “Guliston” moddiy qiyinchiliklarga duch kelgan ko'rinadi. Yo'qsa, jamoa birinchi bosqichdayoq ishtirokini to'xtatmasdi, nazarimizda. Garchi tarkibida ilgari birinchi va oliy ligada o'ynagan bir qator o'yinchilar bo'lsada, “Guliston” birinchi bosqichda o'zini ko'rsata olmadi.   

Endi bu jamoaning keyingi taqdiri qanday kechishi hozircha bizga qorong'u. Balki kuzda o'tadigan pulka bahslarida ishtirok etar. Yana kim biladi deysiz.

“Guliston” tarkibida bu yil eng tajribali o'yinchilar deb Konstantin Boev bilan Rustam Qodirovni ko'rsatish mumkin. Ilgari “Mashal” safida porlab chiqqan bu futbolchilar keyinchalik og'ir jarohatlar tufayli kamnamo bo'lib qolishdi.

Aksincha eng yosh o'yinchi 1997 yilda tavallud topgan Jo'rabek Sobirov bo'ldi. 17 yoshli hujumchi birinchi bosqichda 5ta gol urib, jamoasining to'purari bo'ldi.
   
Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

pen.

Jo'rabek Sobirov

5

Dilmuhammad Xudoyberdiev

4

(1)

Rustam Qodirov

4

(1)

Abdumutal Tursunqulov

1

Azamat Abdullaev

1

Akbar Sattaev

1

Boburmirzo Usmonov

1

Vyacheslav Purak

1

Dilshod SHukurov

1

Konstantin Boev

1

Muhammadali Fayzullaev

1

SHarof Aytboev

1


Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar

20

Gollar

22

Uyda

15 (68,18%)

Safarda

7 (31,82%)

O'tkazib yuborilgan gollar

32

Uyda

15 (46,88%)

Safarda

17 (53,12%)

O'rtacha urilgan gollar

1,1

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

1,6

Uydagi ochkolar

11/27 (40,74 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

7/33 (21,21 %)

Eng yirik g'alaba

4:0 – “Orol”

Eng yirik mag'lubiyat

0:4 – “SHo'rtan”

Gol o'tkazmagan o'yinlar

5 (25%)

Gol ura olmagan o'yinlar

7 (35%)

Irodali g'alaba

0

Irodali durang

0

Irodasiz mag'lubiyat

3

Irodasiz durang

1

Yirik g'alaba

1

Yirik mag'lubiyat

2

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

47 (2,35)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

3 (0,15) - 1/2

Muxlislar (jami/o'rtacha)

27911/1396


Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика