So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Birinchi liga. Bugungi o'yinlarda kimning imkoniyati qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. Bugungi o'yinlarda kimning imkoniyati qanday?

Bugun ikkinchi bosqichning 7-tur o'yinlariga yakun yasaladi. Turning markaziy uchrashuvida kimning imkoniyati yuqori?

16:30 - “Obod” – “Oq-tepa”
Oliy ligaga chiqish uchun kurash olib borayotgan ushbu ikki jamoa o'rtasidagi bahs birinchi o'rin egasi kimligini aniqlab bersa ajab emas. Sababi hozirga qadar bir xil ochko jamg'arib, turnir jadvalida ketma-ketlikda o'rin olgan toshkent klublari bir-birini ochko yo'qotishini kutishmoqda. Ko'ramiz bugun kimning omadi choparkin. O'tgan yili o'zaro ikki o'yinda, “Obod” mag'lubiyatga uchramaganini ham aytish lozim. O'z maydonidagi bahsda 2:1 hisobida g'alaba qozonib, “Oq-tepa” maydonidan 3:3 hisobida durangga imzo chekkan. Bugungi uchrashuvda ham qaysidir manoda “Obod”ning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini yuqori baholash mumkin. Extimol “Oq-tepa” futbolchilari matonat ko'rsatib, safardan uch ochko bilan qaytar. Tarkib borasida “Oq-tepa” nomdor futbolchilarga ega bo'lsada, lekin shunga qaramay jamoa barqaror o'yin namoyish eta olmayapti. “Obod”da esa ikki yildan buyon aytarli bir xil tarkib mavjud. Qolaversa ko'pincha mutaxassislar bu jamoada ahillik va jamoviy o'yin yuqori darajada ekanligini aytishadi.
Imkoniyatlar: 55x45.

16:00 - “Lokomotiv-BFK” – “Xotira-79”
Sunnat Abdurasulov boshqaruvidagi “temiryo'lchilar”ning bugungi bahsda g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqoriroq, nazarimizda. Asosan yoshlar bilan ishtirok etayotgan “Lokomotiv-BFK” asta-sekin o'z o'yin uslubiga ega bo'lib borayotgandek. Yo'qsa, “NBU-Osiyo” va “Oq-tepa” singari liganing etakchi klublaridan ochko tortib olmasdi. “Xotira-79”da esa vaziyat biroz boshqacharoq. Uychiliklar ikkinch bosqichda “G'ijduvon” bilan o'yinda yutdi xolos. Qolgan bahslarda qimmatli ochkolarni boy berdi. Aftidan “Xotira-79”ga o'z maydonidagina g'alaba qozonish kifoyadek ko'rinmoqda. CHunki jamoa xavfli zonada emas. 8-o'rinni oldi nima-yu, 13-o'rinni oldi nima aqidasiga amal qilayotgandek tuyulmoqda. Bungi o'yin oldidan tarkibda yo'qotish bo'lib – Mirzohid Sobirov diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olmaydi.
Imkoniyatlar: 65x35.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика