So’nggi yangiliklar

00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6

Birinchi liga. Bugungi o'yinlarda kimning imkoniyati qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. Bugungi o'yinlarda kimning imkoniyati qanday?

Bugun birinchi liganing ikkinchi bosqichi doirasidagi ikkita o'yin bo'lib o'tadi.

16:30. “Oq-tepa” – “Zomin”

Mazkur uchrashuvga bo'lgan qiziqish ko'pchilik tomonidan yuqori baholanmoqda. SHu bois turning markaziy o'yini deyish mumkin. Haqiqatdan ham Toshkentda o'tadigan bahsni keskin kurashlar ostida o'tishini tahmin qilish mumkin. Negaki, “Oq-tepa” o'z uyida g'alaba uchun chiqsa, “Zomin” ham qarab turmaydi va safardan imkon qadar ochko bilan qaytishga urinishi tabiiy deya umid qilamiz. O'tgan yili ushbu jamoalarning poytaxtda o'tgan bahsida 4:3 hisobida maydon egalari g'alaba qozongandi. Zominliklar bu yil ham chakki emas. Dilmurod Qodirov boshchiligidagi jamoa o'tgan turda yo'qotilgan ochkolarni bu safar qaytarishga urinishi turgan gap. Lekin “Oq-tepa”ga ochko nihoyatda zarur. Agarda ular bugun ham muvaffaqiyat qozona olmasa, elitaga chiqish imkoniyatini sezilarli ravishda pastlab ketishi aniq. 

Imkoniyatlar: 55x45

16:30. “Paxtakor-2” – “Xorazm”

“Paxtakor-2” ham garchi tarkibi yoshlardan tashkil topgan bo'lsada, o'z maydonida osonlikcha taslim bo'lmaydi. O'tgan yili “sherlar” urganchliklarni qabul qilib 3:1 hisobida taslim eta olgandi. Lekin bu yil “Xorazm” biroz kuchayganini inobatga olsak, jamoa bugun jiddiy kurashadi. Aytish lozimki, oldingi turlarning birida Vali Sultonov boshqaruvidagi jamoa “Oq-tepa”ni o'z maydonida mag'lub eta olgandi. Ko'ramiz, “Xorazm”ning Toshkentga uyushtirayotgan bu safari qanday chiqarkin?

Imkoniyatlar: 50x50


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика