So’nggi yangiliklar

15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  2 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  58 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8

Birinchi liga. Bugun yana ikkita o'yin bo'lib o'tadi Yangiliklar

Birinchi liga. Bugun yana ikkita o'yin bo'lib o'tadi

Ikkinchi bosqichning 1-tur o'yinlari bugun ham davom ettiriladi. Toshkent jamoalari o'z maydonida voha klublarini mehmon qiladi.

Xo'sh, bo'lajak bahslar oldidan kimning imkoniyati yuqoriroq? Quyida shu haqda ikki og'iz.

“Oq-tepa” – “Xorazm”. Imkoniyatlar 70x30
Hakamlar
: E. Tursunov (Buxoro), SH. Fayziev (Jizzax), SH. Qayumov (Jizzax)
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).

Mazkur bahsda “Oq-tepa” so'zsiz favorit deya olamiz. Tarkib va tayyorgarlik jihatdan toshkentliklar bugungi raqibidan bir bosh ustun. Bizningcha urganchliklar to'g'ri o'yinga etib keladi. Agar shunday bo'lsa, yo'l azobi futbolchilarda charchoq alomatlarini keltirib chiqarishi tabiiy. Ildar Sakaev davralar oralig'ida tarkibni mahoratli va iqtidorli futbolchilar evaziga kuchaytirib oldi. Elitaga chiqishga asosiy davogarlardan biri sifatida etirof etilayotgan “Oq-tepa”ning bugungi uchrashuvda g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqori. Qolaversa bu jamoa o'z maydonida o'ynashini inobatga olsak, bu ularga qo'l kelishi turgan gap. Ammo Vali Sultonov ham imkon qadar safardan ochko bilan qaytishga urinib ko'rishi tabiiy. Bazida tajribali o'yinchilarga ega bo'lgan klublarning o'yini chiqmay qoladi. “Oq-tepa” bilan shunday xolat yuz berishini hech kim kafolatlab bera olmasa kerak. SHunisi aniqroq-ki, uchrashuv qiziqarli o'tadi.

“NBU-Osiyo” – “Mashal-2”. Imkoniyatlar 50x50
Hakamlar:
I. Garmashov (Toshkent), R. Tolibjonov (Farg'ona), E. Tursunov (Namangan)
Nazoratchi: M. SHaripov (Buxoro).

Poytaxtdagi mazkur uchrashuv ham qiziqarli kechishi kutilmoqda. Har ikki jamoa uchun ham bu sinov deyish mumkin. Mavsum boshida “Bankirlar”ni qabul qilib olgan Rufat Akramxo'jaev yoshlarni kashf etishga bel bog'lagan. Vaqt o'tgan sayin murabbiy tajribali futbolchilar yordamida yoshlarni yuzaga chiqarmoqda deyish mumkin. “Mashal-2” ustozi Dilshod Andaev ham bir necha yillardan buyon asosan yoshlar bilan ishlab kelmoqda. SHu bois bugun maydonda keskin kurash kechsa ajab emas. Tomonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini esa teng baholadik. Qolganini o'yin ko'rsatadi.
 
“Paxtakor-2” – “G'ijduvon” uchrashuvi ertaga bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика