So’nggi yangiliklar

17:54"Фулхэм" "Бавария" футболчисини ижарага олди  0 17:28"Арсенал" ярим ҳимоячиси бу йил "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  2 17:23CAFA Nations Cup. Афғонистон Ҳиндистон билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  3 16:59"Барселона" ҳимоячиси жароҳати сабаб 3 ҳафта майдонга туша олмайди  0 16:30Манба: Паулу Бенту Мисрда ишлаши мумкин  20 16:02Станислав Черчесов: "Ўзбекистонни умуман билмайдиган ва кўп нозик жиҳатлардан бехабар чет эллик мураббийнинг дарҳол натижа келтиришига ҳеч ким кафолат бера олмайди"  36 16:01"Байер" ва "Фенербахче" бош мураббийлик учун Постекоглу номзодини илгари сурмоқда  1 15:34Туркия клуби яқин кунларда Онанани ижарага олмоқчи  3 15:06ФИФА ЖЧ-2026 чипталарининг бошланғич нархини белгилади  3 14:38Россия – Иордания учрашувини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  5 14:11Бундеслига юлдузи трансфер ойнасининг сўнгги кунида МЮ таклифини рад этгани маълум бўлди  2 13:43Нагельсманн Германиянинг ЖЧ-2026даги мақсадини айтди  5 13:17Қозоғистондагилар "Реал" билан ўйин чиптаси билан боғлиқ фирибгарликлардан хавотирда  1 12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  6 12:21Бенту қўлдан чиқди, навбат Гжегож Бржэнчшчикиевичга  108

"Birinchi ishonmadim, hazillashishmoqda deb o'yladim. Qanday qilib Falastinga yutqazib qo'ydik, umuman tushunmayapman" - Usmon Toshev kecha unga yig'lab telefon qilgan do'sti, O'zbekiston va Kuper haqida ochiq gapirdi Yangiliklar

"Birinchi ishonmadim, hazillashishmoqda deb o'yladim. Qanday qilib Falastinga yutqazib qo'ydik, umuman tushunmayapman" - Usmon Toshev kecha unga yig'lab telefon qilgan do'sti, O'zbekiston va Kuper haqida ochiq gapirdi

Xabaringiz bor, saytimiz ijodkorlari SHahboz Beg'amov va Jahongir Fayzullaev JCH-2022 saralash bosqichi doirasidagi Tojikiston - Qirg'iziston ishtirokidagi markaziy Osiyo derbisida ishlash uchun Dushanbe shahriga borishgandi.

Bugun ertalab esa saytimiz ijodkorlari kecha muhim uchrashuvni o'tkazgan va markaziy Osiyo derbisida g'alaba qozongan Tojikiston terma jamoasining o'zbekistonlik bosh murabbiyi Usmon Toshevdan intervyu olishdi.

Suhbat davomida Usmon Toshevga O'zbekiston terma jamoasining kechagi sensacion mag'lubiyatiga oid savol ham berilgan. Tajribali mutaxassisning bu boradagi fikrini esa quyida etiboringizga taqdim etamiz.

"Tug'ilib o'sgan joyim O'zbekiston. SHu boisdan ham o'zbek futboliga hech qachon befarq bo'lolmayman. Juda ko'plab odamlar bilan o'zbek futboli haqida suhbat quramiz, men bilan savol-javob qilishadi. Yashirmayman, kecha juda ko'plab qo'ng'iroqlar nafaqat tabrik, balki sensacion mag'lubiyat haqidagi savollar bilan murojaat qilishdi. Fikrimni so'rashdi. Kecha yutdik, kayfiyat zo'r. O'yin o'zbekistonlik bo'lganim uchun terma jamoamiz natijasini menga aytishdi. Dastavval ishonmadim, hazillashyapti deb o'yladim. Bu gapga etibor ham bermadim. Keyin yana O'zbekiston yutqazdi, deyishdi. Bo'lishi mumkin emas deb yubordim. Bilasizmi, yutqazganimizni bilgach g'alabadan keyingi zo'r kayfiyat buzildi. 

Men O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqishini juda xohlardim. CHunki xalq buni juda uzoq kutib qoldi. Hamma narsa tayyor. Faqat o'sha mundialga chiqish, yani bir qadam qo'yish qoldi. 

Dubayda yashaydigan bir do'stim bor. Kecha o'sha Moskvadan qo'g'g'iroq qildi va meni 1,5 soat vaqtimni oldi. Yig'layapti. Men uni tinchlantirib, hali hammasi yaxshi bo'lishini aytishga urindim. To'g'risi, o'yinni ko'rmadim. Nima uchun bunday bo'lganini bilmayman. Qirg'iziston oxirgi o'yinni Falastin bilan 2:2 hisobida durang o'ynagandi. Men kechagi raqibni o'rganish, ularni o'yinini tahlil qilish jarayonida Falastinga ham ko'zim tushgandi. Murabbiyini ham yaxshi bilaman. Ochig'i, men O'zbekiston bu jamoaga qanday qilib yutqazganiga hayron qoldim. Umuman tushunmayapman.

Albatta yaxshi niyatlar bilan kelgusida hammasi yaxshi bo'lishini istayman. Mundialga chiqish kerak! Kecha Falastinga qanday yutqazib qo'yishganini hech tushunmayapman. Ayniqsa tarkib super. Muhitniku gapirmang, terma jamoani qay tariqa kuzatib qo'yishganini ko'rdim. Dahshat. Super! Futbolchilar buni his qiladi. Ikkita to'p farqi bilan qanday qilib yutqazdik? Hayronman. CHetlatish bo'lganmi yoki? Alamli. Yo'qotilgan 3 ochko hali kerak bo'ladi. To'plar nisbati ham zarur. Ustiga-ustak guruhdan barcha 2-o'rin egalari chiqmaydi. Har bir ochko va to'plar nisbati uchun gollar muhim ahamiyatga ega. Qadri baland. O'ylaymanki, hali nasib bo'lsa terma jamoamiz bu guruhdan chiqadi. 

Ektor Kuper terma jamoada nimanidir o'zgartira oldimi? Men Kuperning dastlabki yig'inlaridagi ikkita mashg'ulotini kuzatganman. Tajribali mutaxassis sifatida bilamiz. SHu boisdan ham qiziqib borgandim. Mashg'ulot jarayoni yaxshi, menga yoqdi. Tartib va intizom bor. Mashg'ulot boshlanmoqda, hamma o'z ishi bilan band. Mashg'ulot tugadi va barcha o'z ishini qilmoqda. Bu yaxshi. Futbolchilar bilan ham gaplashaman, tartib va intizom borligi haqiqat. Lekin... Bilmadim, o'yin baribir qovushmayapti. Demak murabbiy istayotgan o'yin yoki uning uslubi bizning futbolga to'g'ri kelmayaptimi, deyman. 

CHunki o'zbek futbolchilari tez harakat qilishni, nostandart o'ynashni, hujumda erkinroq o'ynashni xush ko'rishadi va buni yaxshiroq uddalashadi. Uzun paslar orqali o'ynash bizning futbolchilarga yoqmaydi. Ularni qandaydir ramkaga tushirib qo'yib futbol o'ynatish kerak emas. Balki shu jihat ularga o'z o'yinini ko'rsatishga to'sqinlik qilayotgan bo'lishi mumkin. Ko'proq erkinlik va hujumda ijodkorlik zarur. O'yinimizda mazkur jihatlar borasida uzilishlar mavjud, menimcha. Bu sezilib qolmoqda".

Usmon Toshev bilan uyushtirilgan katta intervyuni keyinroq batafsil etiboringizga havola etamiz.

Eslatib o'tamiz, kecha o'zbekistonlik murabbiy Usmon Toshev boshqaruvidagi Tojikiston terma jamoasi markaziy Osiyo derbisida Qirg'izistonni mag'lub etib, "F" guruhida peshqadamga aylanib oldi. Kelasi turni jamoa 10 sentyabr kuni safarda Mo'g'ulistonga qarshi o'tkazadi.

Tojikiston terma jamoasi ertaga Mo'g'ulistonga uchib ketadi.

Reyting: +94   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика