So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  2 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  15 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  402 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Bir yil oldin shu kuni. O'zbekiston - KXDR 4:0 Yangiliklar

Bir yil oldin shu kuni. O'zbekiston - KXDR 4:0

2019 yilning 7 iyun sanasida O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda FIFA kuni doirasida KXDR bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan edi.

28-daqiqada KXDR futbolchilarining navbatdagi qo'pol xatosidan so'ng Masharipovga nisbatan qoida buzildi va penaltidan Ahmedov hisobni ochuvchi golni kiritdi - 1:0.

65-daqiqada avvaliga qarshi hujumni rivojlantirgan Ahmedov qanotdan ochilib borgan Ibragimovni to'p bilan taminladi, Doston esa markazdan ochilib kelayotgan Temurxo'ja Abduxoliqovni topdi va "Loko" hujumchisi zaxiraga olinishiga sanoqli soniyalar qolganida maydonni gol bilan chiroyli tark etdi - 2:0.

68-daqiqadagi uchinchi gol esa KXDR himoyachisining darvozabonga uzatgan to'pi va kiperning qo'pol xatosi hamda zaxiradan tushgan Igor Sergeevning bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etishi bilan yakunlandi va tablodagi hisob yiriklashdi - 3:0.

90+2-daqiqada terma jamoamizning navbatdagi hujumi golga aylantirildi. Igor Sergeevning golli uzatmasidan so'ng Doston Tursunov bellashuvdagi yakuniy hisobni o'rnatdi - 4:0.


O'zbekiston - KXDR 4:0
7 iyun 2019 yil. Toshkent. "Milliy" stadion. 20:00.

Hakamlar:
CHorimurod Qurbonov, Polvon Polvonov, Ahmad Beknazarov (uchalasi Turkmaniston)

Gollar: Odil Ahmedov 28 penalti, - 1:0. Temurxo'ja Abduxoliqov 65, - 2:0. Igor Sergeev 68, - 3:0. Doston Tursunov 90+2, - 4:0.

O'zbekiston: 12.Sanjar Quvvatov, 2.Xojiakbar Alijonov (6.Davronbek Hoshimov, 46), 3.Doston Tursunov, 4.Akrom Komilov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Ikrom Aliboev (19.Oston O'runov, 66), 9.Odil Ahmedov (21.Sardor Mirzaev, 84), 10.Jaloliddin Masharipov (17.Quvondiq Ro'ziev, 84), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (15.Igor Sergeev, 66), 22.Doston Ibragimov (23.Xurshid G'iyosov, 74)
Zaxira: 1.Javohir Ilyosov, 13.Oleg Zoteev, 14.Eldor SHomurodov, 16.Botirali Ergashev, 18.Fozil Musaev, 20.Islom To'xtaxo'jaev.
Bosh murabbiy: Ektor Kuper.

KXDR: 18.Sin Xyok, 3.Jang Kuk CHol, 6.Ri Tong Il, 7.CHoe Ju Song, 8.Xan Tae Xyok, 9.Kim Yong Il, 13.Sim Xyon Jin (14.Xong Jin Song, 62), 15.Ri Un CHol, 17.Ri CHang Xo, 19.Rim Kvang Xyok (12.Song Jong Xyok, 80), 23.Ri Yong CHol
Zaxira: 21.Kim Kvang CHol, 1.Ri Myong Guk, 2.Ri Jong Min, 4.Song Kum Il, 5.Song CHol Ung, 10.Kim Il Gvang, 11.Jong Il Gvan, 16.Xyon CHol Bom, 20.Pak Xyon Il, 22.Jo Sol Song.
Bosh murabbiy: Yun Jong Su.

Ogohlantirishlar: Ri CHang Xo 26, CHoe Ju Song 41, Ri Un CHol 45.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика