So’nggi yangiliklar

22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  0 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  0 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  7 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  12 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  14 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  4 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7

Bir o'yinda Najafalievlar ishladi yoxud birinchi ligada hamma narsa bo'lishi mumkin Yangiliklar

Bir o'yinda Najafalievlar ishladi yoxud birinchi ligada hamma narsa bo'lishi mumkin

Kecha birinchi liganing 17-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda bir qator etiborga molik jihatlar yuz berdi.

Xususan Buxoroda kechgan “Nurafshon” – “Mashal-2” bahsini Asker Najafaliev boshqarib bordi. Nazoratchi hakam esa Viloyat Najafaliev edi. Qizig'i, ular shunchaki familiyadosh emas. Balki qarindosh hisoblanadi. O'zbek futbolida Najafalievlarni tanimagan bilmagan muxlis bo'lmasa kerak. CHunki ilgari Sardor Najafaliev degan taniqli oliy liga hakami bo'lgandi. Bugungi kunda Sardor aka nazoratchi sifatida faoliyat yuritmoqda. Asker Najafaliev u kishining to'ng'ich o'g'lidir. Aytishlaricha Viloyat Najafaliev Sardor akaning jiyani bo'ladi.

Kecha “Nurafshon” – “Mashal-2” o'yinini boshqargan hakam Askerga nazoratchi Viloyat Najafaliev 8,5 ball qo'ydi.

Nurafshon – Mashal-2 – 1:2. 35 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Najafaliev (Toshkent) – 8,5, X. Nabiev (Toshkent) – 8,3, SH. Fayziev (Jizzax) – 8,3, G. Nurullaev - 8
Nazoratchi: V. Najafaliev (Tashkent).
Gollar: R. Islamov (47) – B. Farhodov (57), SH. Ubaydullaev (60).
Ogohlantirishlar: O. SHamsitdinov (77), U. Ramazonov (Nurafshon, 81).

Birinchi liganing 12-turida ham Najafalievlarning to'qnashuviga guvoh bo'lgandik. Bugungi kunda “Andijon” uchun o'ynayotgan Kemran Najafaliev Sardor akaning kenja o'g'lidir. Andijonliklarning o'z maydonida “Orol”ga qarshi o'tkazgan bahsini aynan Asker boshqarib borgandi. Ko'pchilik shu kuni “burgutlar”ning g'alabasini tahmin qilgandi. CHunki Askerning ukasi Kemran shu kuni “Andijon” libosida zaxiradan maydonga tushgandi. Yakunda esa o'yin 1:1 hisobida durang bilan intiho topgandi.  

Ilgari otasining jamoasiga qarshi o'ynagan o'g'illarni ko'rganmiz. Ammo bitta o'yinda qarindosh hakamlarni ishlaganiga endi guvoh bo'ldik. Ko'rib turganingizdek, birinchi ligada hamma narsa bo'lishi mumkin. Yanada ko'prog'i kuting deb qolamiz.


P.S. Aslida Viloyat Najafaliev "Nurafshon" - "Mashal-2" uchrashuvida ishlamagan ekan. SHunchaki PFL saytidagi texnik xato tufayli shunday vaziyat kelib chiqibdi.



Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика