So’nggi yangiliklar

21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  45 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  203 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  7 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  3 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  1

Bir o'yin tarixi. "Neftchi" - Paxtakor" yoxud Anvar Berdievning yubiley uchrashuvi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. "Neftchi" - Paxtakor" yoxud Anvar Berdievning yubiley uchrashuvi

Xabaringiz bor, bugun Superliganing 15-turi yakunlanadi.

 Saytimiz ijodkorlari mazkur uchrashuvga oid bir qator fakt va malumotlarni etiboringizga havola etib borishmoqda. Jumladan bugun sizlar bilan 2018 yilgi Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi bahsni yodga olamiz. Yodingizda bo'lsa, o'sha uchrashuvda taniqli hujumchi Anvar Berdiev milliy chempionatlarimizdagi 500-yubiley o'yinini o'tkazgan edi.


SHukurali Po'latov va Abdumavlon Abdujalilovlar o'sha paytda "Neftchi" sharafini himoya qilishar edi.



Alisher Samatov va “Neftchi"ning ayni damdagi sardori Mirjamol Nematov. Orqa fonda "Paxtakor" legionerlari Ismoil Gonsalvesh va Tiago Bezerralar ko'zga tashlanmoqda.



"Paxtakor"ni Jaloliddin Masharipov, "Neftchi"ni esa SHukurali Po'latovlar sardor sifatida maydonga boshlab tushgan edilar.



O'yindan oldingi salomlashish jarayoni. Po'latov, Abdujalilov Samatov va Masharipov.



Mazkur uchrashuvda "Neftchi"ning asosiy tarkibida maydonga tushgan futbolchilar.



Bu esa "Paxtakor" jamoasining asosiy tarkib futbolchilari.



Ismoil Gonsalvesh, Bahrom Abdurahimov, Abdul Aziz Yusupov.



Akmal SHorahmedov "Neftchi" vakili Iskandar SHoyqulovga qarshi.



Egor Krimec boshi bilan to'pga zarba yo'llab "Neftchi"ning hujumini qaytarmoqda.



Abror Ismoilov "Neftchi"ning navbatdagi hujumini tashkil etmoqda. Qiziq, Ismoilov o'sha vaqtda bir kun kelib "Paxtakor" safida to'p surishini siz tasavvur qilganmidingiz?



Ismoil Gonsalveshga qarshi Iskandar SHoyqulov.



Nihoyat gol bo'ladigan vaziyat ham etib keldi. Tajribali hujumchi Anvar Berdiev maydonga tushdi.



Gol! Anvar Berdiev o'zining 500-uchrashuvida "Paxtakor" darvozasini ishg'ol etdi.



Tajribali hujumchini yubiley bahsi bilan "Neftchi" futbolchilari qanday tabriklagan edilar?


Anvar Berdievning 500-bahsi “Paxtakor”ga qarshi bahsga to'g'ri keldi. Hujumchi mazkur o'yinda zahiradan maydonga tushdi va “Neftchi” uchun muhim bo'lgan golga mualliflik qildi. O'yindan so'ng stadionda futbolchini jamoadoshlari 500 raqami tushirilgan futbolka bilan tabriklashdi.




Superliga-2018. 15-tur
12 iyun.
“Neftchi” – “Paxtakor” 1:1 (0:0)

Hakamlar:
V.Kovalenko, R.Serazetdinov, A.Usmonov, D.Jalimov.
Nazoratchi – O.Dachev.
Komissar – J.Rahmatullaev.

Gollar: Anvar Berdiev (1:0), Tigago Bezerra (1:1)

"Neftchi": Abdumavlon Abduljalilov, Iskandar SHoyqulov, SHukurali Po'latov (s), Abdulaziz Yusupov, Abror Ismoilov, Avazbek O'lmasaliev, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhoqov, Alisher Samatov, Nematov, Hojimatov
Zaxira: Farrux Turdaliev, Abbosbek Maxstaliev, Anvar Berdiev, Ibrohim G'ofurov, Davron Mamatov, Avaz Agaliev, Xurshidbek Asqaraliev, Islombek Karimov, Doston Tursunov

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Farrux Sayfiev, Egor Krimec, SHerzod Azamov, Akmal SHorahmedov, Dilshod Rahmatullaev, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Masharipov (s), Bahrom Abdurahimov, Tiago Bezerra, Ismoil Gonsalvesh
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Azimjon Ahmedov, Jasurbek Hakimov, Kamoliddin Tojiev, Jasurbek Yaxshiboev, Doston Ibrohimov, Stanislav Andreev, Vladimir Kozak.



Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика