So’nggi yangiliklar

07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  0 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  1 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  7 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  28 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   38 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  53 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  229 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12

Bir o'yin tarixi. 1:7 yoxud Braziliya uchun qo'rqinchli tush Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. 1:7 yoxud Braziliya uchun qo'rqinchli tush

Koronavirus sababli oraliqda yuzaga kelgan tanaffus bizga jahon futboli tarixidagi ajoyib o'yinlarni yana bir yodga olishga undamoqda.

Loyihamizning navbatdagi soni orqali JCH-2014 yarim final raundidan o'rin olgan Braziliya va Germaniya o'rtasidagi bahs haqida to'xtalib o'tamiz.

Mundial Braziliya mezbonligida o'tayotgani bois favoritlar qatorida “pentakampeonlar” ham etirof etilardi. Bir tomondan bu haqiqat edi. Lekin, musobaqada Germaniya, Franciya, Argentina kabi grandlar ham qarab turmasdi. Ayniqsa, Yoxim Lyov boshchiligidagi Germaniya turnir boshidayoq g'olib bo'lishga bosh nomzodligini ko'rsatib qo'ygandi. Ronaldu etakchiligidagi Portugaliya yirik 4:0 hisobida taslim etilgach ko'pchilik sovringa ega chiqishda ularni birinchi o'ringa qo'ydi. 

CHorak finalda Franciya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng esa barchasi oydinlashib borayotgandi. CHempionat boshlangach barcha ko'rdiki, favoritlardan Braziliya u qadar kuchli emasdi. Ilk ochilish uchrashuvida Nishimura Skolari shogirdlariga g'alabani olib bergandi. Guruhdan chiqib olgan terma jamoa CHilini qiyinchilik bilan penaltilar seriyasida mag'lub etadi. CHorak finalda ham braziliyaliklar Kolumbiyadan kichik hisobda ustun keladi. Ushbu uchrashuvda ham hakamlar yaqqol mezbonlar foydasiga qarorlarni chiqargandi. 

Ammo, yarim finalga kelib barcha voqealar Braziliyaning zarariga ishlaydi. Dastlab Neymarning jaroxati, Tiago Silvaning diskvalifikaciyasi va hokazo. Oldinda esa buyuk va qudratli "nemis mashinasi" kutardi. Taktik jihatdan dunyoning kuchli terma jamoalaridan biri bo'lgan Germaniya shu kuni “Mineyran” stadionida istagan ishini qildi. Qo'polroq qilib aytganda, Braziliyaning ustidan ochiqchasiga kulgandi. Lekin, raqib futbolchilari ham o'z darajalaridan nihoyatda past ko'ringan. 

Himoyada Silvaning o'rnini egallagan Dante kutilgan o'yinni ko'rsata olmaydi. 11-daqiqaga kelib nemislar hisobni ochadi. Toni Kroosning burchakdan uzatgan to'pini Tomas Myuller hech qanday qarshiliksiz to'pni oyoq bilan darvozaga yo'llaydi. 

23-daqiqaga kelib Myuller va Kroos tandemi Braziliya himoyasini yorib o'tadi va darvoza yaqinida turgan Miroslav Klozega qulay qilib uzatadi. Uning birinchi zarbasini Sezar bartaraf etadi va qaytgan to'pga birinchi bo'lib etib kelgan Kloze esa uni darvozaga joylab qo'yib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltiradi. 

24-daqiqada Filip Lamning qanotdan oshirgan to'pini Kroos to'g'ri darvozaga kiritadi. Ikki daqiqa o'tgach uning o'zi dubl muallifiga aylanadi. 

29-daqiqada Xedira va Kroosning faolligi evaziga to'rtinchi to'p darvoza to'ridan joy oladi. Bu safar O'zilning uzatmasini Sami Xedira golga aylantiradi. 

Birinchi bo'limning o'zida 5:0 natijasi tabloda ko'rinib turardi. Stadiondagi muxlislarning ayrimlari ko'z yoshlarini yashira olmasdi, bazilari esa jim-jit bo'lib qolishgan ... Darhaqiqat, olti daqiqa ichida to'rtta to'p olib chiqish mezbonlarni shokka tushirib qo'ydi. Bu hali hammasi emas edi. 

69-daqiqada zahiradan maydonga tushgan Andre SHyurrle Julio Sezar darvozasiga oltinchi golni uradi. Amalda o'yin taqdiri hal bo'lib ulgurgandi. Braziliyani faqat mo'jizagina qutqarib qolardi.

Golga to'ymagan Germaniya 79-daqiqada ettinchi to'pni ham kiritadi. Skolari va futbolchilar butunlay aqldan ozgandi. Nimalar bo'layotganini tushunishmasdi. Karaht ahvolga kelib qolishgandi.

Oskarning so'nggi daqiqada urgan goli hech narsani hal qilmaydi. Bu bamisoli Braziliya uchun qo'rqinchilik tushdek gap edi. SHunda ham Braziliyada sovrinli o'rinlarni egallash imkoniyati qolgandi. 

Biroq, uchinchi o'rin uchun kechgan bellashuvda Gollandiyaga 0:3 hisobida mag'lub bo'ladi. SHu vaqtgacha Braziliya bunchalik xo'rlanmagandi. Natijada Skolari istefoga chiqariladi. Dunga ham jamoani boshqara olmaydi. Rossiyadagi mundialda esa Germaniya sensaciya qayd etib guruhda qolib ketadi. Braziliya esa yangi murabbiy Tite qo'l ostida Belgiyaga mag'lub bo'lib turnir bilan xayrlashishga majbur bo'ladi. 

JCH-2014. Yarim final.

Braziliya - Germaniya 1:7

08.07.2014. “Mineyran” stadioni, 59 143 tomoshabin.

Bosh hakam:
Marko Rodriges (Meksika)

Gollar: Oskar (90) - Tomas Myuller (11), Miroslav Kloze (23), Toni Kroos (24, 26), Sami Xedira (29), Andre SHyurrle (69, 79).

Braziliya: Julio Sezar, Maykon, David Luiz, Bofim Dante, Marselo, Luis Gustavo, Fernandino (Paulino, 46), Xalk (Ramires, 46), Oskar, Bernard, Fred (Villian, 70).

Germaniya: Manuel Noyer, Filip Lam, Jerom Boateng, Mats Xummels (Mertezaker, 46), Benetdik Xyovedes, Sami Xedira (Yulian Draskler, 76), Bastian SHvaynshtayger, Tomas Myuller, Toni Kroos, Mesut Ozil, Miroslav Kloze (Andre SHyurrle, 58).

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi



Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика