So’nggi yangiliklar

18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  8 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  14 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  3

Bilbaoda katta jang bo'ldi. Rossiyalik muxlislar bilan mushtlashuv paytida policiyachi vafot etdi Yangiliklar

Bilbaoda katta jang bo'ldi. Rossiyalik muxlislar bilan mushtlashuv paytida policiyachi vafot etdi

Kecha, 22 fevral kuni "Spartak" Evropa ligasi doirasida Bilbaoning "Atletik" klubi mehmoni bo'ldi.

Bahs 1:2 hisobida mehmonlar - rossiyaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi, ammo ikki uchrashuv natijasiga ko'ra "Atletik" keyingi bosqichga chiqdi.

Bahs yakunlanganidan so'ng tartibsizliklar boshlandi. Rossiyalik ishqibozlar mahalliy muxlislar va policiya bilan jang qildi. Ushbu voqea natijasida quyidagilar sodir bo'ldi:

- Massimo Karreraning tarjimoni Artyom Fetisovni kutilmaganda kamar bilan bo'yniga urishdi

- Policiya malumotlariga ko'ra, mahalliy muxlislar bilan mushtlashuvda "Spartak"ning 800 nafar ishqibozi qatnashgan. Ikkala tomon ham shisha idishlar, fayerlardan foydalanishgan.

- "Spartak"ning kamida uch muxlisi kasalxonaga olib ketilgan

- Besh kishi hibsga olindi, ularning uch nafari "Spartak" ishqibozi


Rossiya tashqi ishlar vazirligi "Spartak" muxlislaridan "Atletik"ka qarshi bahs oldidan ehtiyotkorlikka chaqirgan edi, ammo bu foyda bermadi.

Hammasi "Spartak"ning alohida muxlislar guruhlari "Atletik" ishqibozlarini qidirishidan boshlandi:



Keyin qizil-oqlar Bilbao bo'ylab marsh uyushtirishdi:



Natijada to'qnashuv boshlandi va policiya aralashishiga to'g'ri keldi.










AS bergan malumotlarga ko'ra, muxlislar to'qnashuvi oqibatida policiyachi vafot etgan - uning yuragi huruj qilib qolgan. Mushtlashuvlardan so'ng Bilbao shifoxonalaridan biriga 5 kishi olib ketildi, ularning 3 nafari rossiyalik. Ikkala tomon muxlislari to'qnashuv paytida shisha idishlar va fayerlardan foydalanishdi. Besh kishi hibsga olingan, 3 kishi "Spartak" muxlisi.


"Spartak" bosh murabbiyi Massimo Karreraning tarjimoni Artyom Fetisov juma kuni tongda "Instagram"ga surat joyladi. Nomalum shaxs unga kamar bilan zarba bergan.

Bilbaodagilar "Spartak" muxlislarining tashirifidan xursand bo'lishmagan edi. Kecha maktablarda qo'shimcha darslar bekor qilingani, bar va restoran egalariga ko'chadan stol va stullarni olib qo'yish maslahat berilgani elon qilingandi.

Reyting: -58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика