Bilasizmi? Ikki yil oldin Ronaldu ham islandlar darvozasi tomon 11ta zarba berib gol ura olmagan
17 iyu 2018 09:37
Yangiliklar
Bilasizmi? Ikki yil oldin Ronaldu ham islandlar darvozasi tomon 11ta zarba berib gol ura olmagan
Kecha JCH-2018ning "D" guruhida Argentina va Islandiya terma jamoalari o'zaro durang o'ynashdi - 1:1.
Ana shu uchrashuvda argentinaliklar etakchisi Lionel Messi raqib darvozasi tomon 11ta zarba berdi va birorta ham gol ura olmadi. Messi hatto penaltini ham golga aylantirolmadi.
Qizig'i, bundan 2 yil oldin 14 iyun sanasida Evro-2016 guruh bosqichi doirasidagi o'tkazilgan Portugaliya - Islandiya (1:1) o'yinida ham shunga o'xshash holat kuzatilgan. O'shanda portugallar sardori va etakchisi Krishtianu Ronaldu islandlar darvozasi tomon 11ta zarba bergan va gol ura olmagan edi.
Ha, aftidan Islandiya kiperi Xannes Xalldorsson futbolning bugungi kundagi qirollarini qanday to'xtatib qolishni juda yaxshi biladi.
Fikrlar