Beyl "Los-Anjeles"ga o'tishga yaqin
25 iyu 2022 21:13
Yangiliklar
Garet Beyl faoliyatini MLS'da davom ettiradi. The Athletic xabariga ko'ra, uelslik futbolchi "Los-Anjeles"ga o'tishga rozilik bergan. U bilan 18 oyga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma tuziladi.
MLSSoccer'ning xabar berishicha, muzokaralar allaqachon yakuniy bosqichda.
Beyl "Real"ni erkin agent sifatida tark etadi. Vinger 2013/14 yilgi mavsumdan beri klub sharafini himoya qilib kelmoqda.
Avvalroq "Los-Anjeles" italiyalik himoyachi Jorjo Kellini bilan 2023 yil oxirigacha mo'ljallangan kelishuv imzolagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar