Bert van Marveyk: "Avstraliya jahon chempionatiga shunchaki ishtirok uchun bormaydi"
25 jan 2018 16:15
Yangiliklar
Bert van Marveyk: "Avstraliya jahon chempionatiga shunchaki ishtirok uchun bormaydi"
Avstraliya terma jamoasiga gollandiyalik Bert van Marveyk bosh murabbiy etib tayinlandi. Malumki, ushbu mutaxassis O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishga nomzodlardan biri edi.
65 yoshli mutaxassis yangi joyda ish boshlagach, FIFA rasmiy saytiga qisqacha intervyu berdi.
- "Meni Avstraliyaga chaqirishganidan mamnunman. Men bu jamoani juda yaxshi bilaman va futbolchilarni kuchli deya olaman. Biz Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga shunchaki bormaymiz. Balki har bir o'yinda yutishga harakat qilamiz".
Malumki, Ber van Marveyk Avstraliya terma jamoasi boshqaradigan oxirgi o'n yillikdagi uchinchi golland murabbiyi bo'ladi. Bungacha Guus Xiddink bilan Pim Verbeek ham ushbu jamoani boshqarishgan.
O’xshash yangiliklar
15:11
Saudiya Arabistoni klubi Saloh bilan muzokaralar olib bormoqda, ushbu klubga van Deyk ham qiziq 1
Fikrlar