Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi
20 sen 2024 19:34
Yangiliklar
Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi
JCH-2026 saralashining 3-bosqichini yomon boshlagan futbol bo'yicha Avstraliya terma jamoasi tarixida bugundan yangi davr boshlanadi.
Avstraliya termasi bosh murabbiyi Grem Arnold o'z xohishiga ko'ra lavozimini tark etishini malum qildi.
Arnold 2018 yilning yozidan beri Avstraliya terma jamoasini boshqarib kelayotgandi. "Sokkerouz" uning qo'l ostida JCH-2022 1/8 finaliga qadar etib borgan va Argentinaga mag'lub bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 saralash bosqichi 3-bosqichining dastlabki ikki o'yinida Avstraliya atigi 1 ochko to'plagandi. Terma jamoa Bahraynga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, Indoneziya bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi.
Avstraliya 10 oktyabr kuni 3-tur uchrashuvida Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar