So’nggi yangiliklar

02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  1 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  6 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  3 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1

Berlinda o'zbek futbol bayrami o'tkazildi Yangiliklar

Berlinda o'zbek futbol bayrami o'tkazildi

15 may kuni Germaniyada yashayotgan vatandoshlarimiz uchun yodda qoladigan kun bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Aynan shu kuni Germaniyaning Berlin shahrida ananaga aylanib ulgurgan, Evropa davlatlarida istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan 200 dan oshiq o'zbekistonliklar o'rtasida  to'rtinchi marotaba futbol turniri bo'lib o'tdi. Ushbu turnir "Davra" o'zbek-nemis madaniy jamiyati tashabbusi va O'zbekiston Respublikasining Berlin shahridagi Elchixonasi ko'magi ostida yuqori saviyada tashkil qilindi.





Jami 12 jamoadan iborat bo'lgan 2 guruhda turnir kubogini qo'lga kiritish uchun shiddatli va qiziqarli bahslar bo'lib o'tdi. Turnirda Germaniya davlatining Myunxen, Dortmund, Frankfurt; Triesdorf va Berlin shahri jamoalaridan tashqari CHexiya davlatidan Praga jamoasi ham  ishtirok etdi. Musobaqada fahrli 3-o'rinni "FK TIIM" (Toshkent Irrigaciya va Melioraciya Instituti) va "FK Nihol" jamoalari, 2-o'rinni Rhein Main Yunayted jamoasi va turnir kubogini Myunxen jamoasi qo'lga kiritdi.



Bundan tashqari tashkilotchilar tomonidan turnirning eng yaxshi darvozaboni va eng yaxshi o'yinchisi aniqlanib, ularga esdalik sovg'alari topshirildi.

"FK Nihol" jamoasi yarim final bahsida turnir g'olibi Myunxen jamoasiga mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, jamoaning bu yilgi natijasidan qoniqish hosil qilishdi. Mazkur futbol jamoasi Berlin shahrida tashkil etilgan "Nihol" o'zbek-nemis madaniy va ilmiy jamiyati negizida tashkil qilindi. Jamoada Germaniyaning turli oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar va jamiyat azolari to'p tepishdi.




Turnir davomida qatnashchilar uchun o'zbek milliy taomi osh tortiq qilindi.

Turnir so'ngida g'olib jamoa "FK Myunxen" hamda 2-o'rin sohibi "FK Rhein Main Yunayted" jamolariga medallar topshirildi. Bundan tashqari "FK Myunxen" jamoasiga Evropada chempionlar ligasi kubogi shaklida tayyorlangan kubok ham topshirildi.





"Davra" o'zbek-nemis madaniy jamiyati tomonidan uyushtirilgan ushbu tadbir Evropada istiqomat qilib kelayotgan vatandoshlarni bir joyga to'plash hamda bayramona kayfiyatda kunni birgalikda o'tkazishda katta hizmat ko'rsatdi. Ushbu turnir kelasi yil ham tashkil qilinishi tashkilotchilar tomonidan takidlab o'tildi.

Abdurashid Nasirdinov
Berlin, Germaniya

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика