"Benfika" xodimlari "Real" kiyinish xonasiga bostirib kirishga uringan ekan
18 fev 13:12
Yangiliklar
"Benfika" xodimlari "Real" kiyinish xonasiga bostirib kirishga uringan ekan
O'yindan so'ng stadionning tribuna osti yo'lagida haqiqiy tartibsizliklar yuzaga keldi.
Mojaro nimadan boshlandi?
O'yinning ikkinchi bo'limida Vinisius Junior raqib futbolchisi Janluka Prestiannini irqchilikda aybladi. Braziliyalik yulduzning takidlashicha, Prestianni og'zini futbolkasi bilan to'sgan holda uni "maymun" deb haqorat qilgan. Bu voqeadan so'ng stadiondagi mahalliy muxlislar Vinisiusni har gal to'pga tegganda hushtaklar bilan "siylashdi".
Mourinyuning g'azabi va qizil kartochka:
85-daqiqada Joze Mourinyu maydondan quvildi. Bunga Vinisiusning "Benfika" yarim himoyachisi Richard Riosga ishlatgan qo'polligi sabab bo'ldi. Mourinyu braziliyalik futbolchiga ikkinchi sariq kartochka berilmaganidan (Vinisius golni burchak bayroqchasi yonida raqs tushib nishonlagani uchun avvalroq ogohlantirilgan edi) qattiq norozilik bildirdi.
Kiyinish xonasidagi to'qnashuv:
"CBS Sports" nashrining xabar berishicha, final hushtagidan so'ng vaziyat yanada keskinlashgan:
"Benfika" xodimlari madridliklarning kiyinish xonasiga bostirib kirishga harakat qilishgan.
Tribuna osti yo'lagida ikki jamoa vakillari o'rtasida ommaviy to'qnashuv yuz bergan.
Xavfsizlik xodimlari vaziyatni nazoratga olish uchun katta kuch sarflashiga to'g'ri kelgan.
Madriddagi javob o'yini oldidan muhit haddan tashqari qizib ketgan. UEFA ushbu voqealar yuzasidan qatiy choralar ko'rishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar
Undan Kegin Nadal qonlaringni ichadimi?)))