So’nggi yangiliklar

20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  2 20:10Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  124 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  32 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2

Belyavskiy BATEga 2ta gol urgan Yaxshiboev haqida: "U kabi o'yinchi hozir Belarusda bo'lmasa kerak" Yangiliklar

Belyavskiy BATEga 2ta gol urgan Yaxshiboev haqida: "U kabi o'yinchi hozir Belarusda bo'lmasa kerak"

"Energetik" bosh murabbiyi Vladimir Belyavskiy BATE (3:1)ga qarshi o'yindan so'ng dubl qayd etgan yarim himoyachi Jasur Yaxshiboev haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- U sifatli futbolchi. Biz u haqida bilar edik va uning jamoaga kelishi borasida uzoq vaqt muzokaralar olib borganmiz. Bizda yana bir o'zbek bor, ammo u kasal bo'lgan va hali tuzalmagan. Biz bu o'yinchilarni shunchaki ko'rganimiz uchun tanlamaymiz. Uni kuzatdik. U haqida nafaqat Belaruda, balki butun Osiyoda gapirishadi. Bugun biz uni qanday sovuqqon ijrochi ekanligini ko'rdik. Bundaylar balki bizning yurtimizda yo'qdir.

- U aniq butun mavsum davomida qoladimi?

- Bizda shunday jamoa borki, ertaga kimdir bu erda qolmasligi mumkin. Bizga biror narsa beradigan odamlar yo'q. Vaziyatdan o'zimiz chiqishga harakat qilyapmiz. Agar munosib taklif bo'lsa, ko'p klublarni qiziqtirib qo'ygan Yaxshiboev, Teklo va Mavatular ketishadi. Bu borada hech qanday xavotir yo'q. Izlanamiz, ishlaymiz. Doim harakatda bo'lish kerak, - deydi Belyavskiy.

Eslatib o'tamiz, kecha Belarus chempionatining 1-turida "Energetik-BGU" sensacion tarzda BATE (3:1)ni mag'lubiyatga uchratdi va Yaxshiboev ushbu bahsda dubl qayd etdi.

Reyting: +71   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика