So’nggi yangiliklar

12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  0 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  9 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   5 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  10 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5

Belous: "Jaloliddinov transferining tarixi billurday toza, shubha-gumonga hojat yo'q!" Yangiliklar

Belous: "Jaloliddinov transferining tarixi billurday toza, shubha-gumonga hojat yo'q!"

Xabaringiz bor, Moskvaning "Lokomotiv" klubi tarkibiga qo'shilgan hamyurtimiz atrofida shov-shuvli xabarlar aylanmoqda.

15 avgust kuni saytimiz bosh muharriri Narzulla Saydullaev Jasur Jaloliddinovning transfer hujjati qidirilayotganini ommaga malum qilgan edi. Bugun esa PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev tashkilot Jaloliddinov transferi bo'yicha ish ochishni so'rab O'FAga murojaat qilgani to'g'risida xabar qildi.

O'z-o'zidan bu xabarlar rus matbuotining ham diqqatini jalb etmay qolmadi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida "RIA Novosti" jurnalisti Sergey Fuks Jasurning agenti Yuriy Belousga murojaat qilgan. 

"Bu transfer tarixi juda toza, hech qanday shubha-gumonga hojat yo'q. Bilishimcha, "Bunyodkor"da rahbariyatida bosh direktor almashgan. Transfer hujjatlarini ularning o'zlari izlayverishsin. Ular nimadir qilishi kerak bo'lsa, hujjatlarni "Lokomotiv"dan so'rashlari ham mumkin.

Jasur "Lokomotiv"ga erkin agent sifatida ko'chib o'tdi. Qaror qabul qilindi, uni erkin agent sifatida qo'yib yuborishdi. O'z navbatida, "Bunyodkor" Jasurni qo'yib yuborishi uchun olishni istayotgan mablag'ni ham ko'rsatdi. Bu summani futbolchining o'zi yoki uchinchi tomon ham to'lashi mumkin edi. "Bunyodkor" o'zi talab qilgan mablag'ni to'liq olgan. SHuningdek, qo'shimchasiga FIFA ustavi bo'yicha futbolchini tarbiyalagani uchun tovon puli ham oldi. Bu ham yaxshi summa. Toshkent klubida hech qanday etiroz yo'q. Pulni Rossiya premer-ligasining eng yaxshi klublaridan biri to'lagan. Jaloliddinovning ham kelajagi porloq", - dedi hamyurtimizning agenti Yuriy Belous jurnalistning savollariga javoban.

Malumot uchun, Jasur "Bunyodkor" tarkibida jami 32 uchrashuvda maydonga tushib, o'z nomiga 3 ta gol yozdirib qo'ygan. U yil boshida o'tkazilgan Belarus termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida O'zbekiston milliy terma jamoasi safidagi debyutini nishonlagan edi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика