Bellingem Ispaniyada mavsum futbolchisi bo'ldi, ammo taqdirlash marosimida "Real"ning birorta vakili ishtirok etmadi
11 noy 2024 23:48
Yangiliklar
Bellingem Ispaniyada mavsum futbolchisi bo'ldi, ammo taqdirlash marosimida "Real"ning birorta vakili ishtirok etmadi
"Real" yarim himoyachisi LaLigada mavsum futbolchisiga topshiriladigan Alfredo Di Stefano sovrinini qo'lga kiritdi.
Bellingem o'tgan mavsum "Real" safida Ispaniya chempionatining 28ta uchrashuvida maydonga tushib, 19ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.
Angliyalik to'purarlar poygasida Aleksandr Serlot va Artyom Dobviklardan so'ng 3-o'rinni egalladi.
Biroq Bellingem va boshqa sovrinlarga nomzod bo'lgan "Real"ning boshqa futbolchilari ushbu marosimda ishtirok etishmadi.
Marca rahbari ushbu vaziyatga quyidagicha fikr bildirdi: "Real Madrid"ning sovrinlarga to'satdan paydo bo'lgan allergiyasi tufayli, bu menga tobora tushunarsiz bo'lib boryapti".
Eslatib o'tamiz, Vinisius Junior "Oltin to'p"ni olmasligi haqida malumot paydo bo'lganidan so'ng "Real" vakillari Parijda o'tgan marosimga boykot elon qilishgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar