Bellingem: "Biz odamlar uylariga xursand holda qaytishlarini xohlaymiz"
11 noy 2024 11:26
Yangiliklar
Bellingem: "Biz odamlar uylariga xursand holda qaytishlarini xohlaymiz"
Jud Bellingem shanba kuni "Santyago Bernabeu"da "qaymoqranglilar" "Osasuna"ni 4:0 hisobida mag'lub etganida "Real" uchun may oyidan beri ilk golini urdi.
Uchrashuvdan so'ng u quyidagi fikrlarni ilgari surdi.
"Men haligacha o'zimni bu klubda o'ynash sharafiga ega bo'lgan dunyodagi eng sharafli odam sifatida his qilaman, hatto qiyin paytlarda ham bu erda ekanligimdan minnatdorman.
Olqishlardan keyin menda chinakam g'urur hissi paydo bo'ldi. Mana nima uchun biz harakat qilamiz. Biz odamlar uylariga xursand holda qaytishlarini xohlaymiz. Bu juda yoqimli tuyg'u."
Men maydonning turli qismlarida har xil ishlarni bajaraman. Jamoa uchun qo'limdan kelgan hamma ishni qilaman. Bundan buyon men uchun vaziyat yaxshilanadi deb o'ylayman va shu yo'sinda davom etishga urinaman", – dedi Bellingem.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar