So’nggi yangiliklar

03:10ЕЧЛ. "Интер" "Қайрат"ни енгди, "Бенфика" "Байер"га ютқазди ва бошқа натижалар  0 03:00ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади  29 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Боруссия Д"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. Ҳусанов захирада қолди  9 01:24ЕЧЛ. "Қорабоғ" "Челси" билан дуранг ўйнади, "Вильярреал" "Пафос"га ютқазди  2 00:45Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" ўртасидаги учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 00:35Лионель Месси МЛС 2025 йилнинг рамзий терма жамоасига киритилди  1 00:07Ашраф Ҳакими икки ойга сафдан чиқди  2 23:47Азизбек Абдумўминов: "Насиб бўлса, кубокни Ўзбекистонга олиб келамиз"  4 23:25U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай – Ўзбекистон 1:2  2 23:15Флик "Барселона"дан кетишни режалаштирмаяпти. Мураббий клубда бахтли  5 22:57ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади  71 22:37Ислом Исмоилов: "Оғир учрашувда ғалаба қозондик. Ўйинни назорат қилдик"  14 22:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистоннинг гуруҳидаги иккинчи учрашувда Ирландия йирик ҳисобда ғалаба қозонди  4 21:59Фарҳод Нишонов: "Агарда улар ўз сифатларини яхшилай олишмаса, топ-футболчи бўла олишмайди"  0 21:39Мирко Йеличич "Олимпик-MobiUz"га қарши ўйиндан сўнг қисқа фикр билдирди  2

Belarus. Abdixoliqovning gollari 10taga etdi, 9-tur hamyurtlarimiz uchun qanday o'tdi? Yangiliklar

Belarus. Abdixoliqovning gollari 10taga etdi, 9-tur hamyurtlarimiz uchun qanday o'tdi?

Belarus chempionati 9-tur uchrashuvlari o'zbekistonlik futbolchilarga faqat quvonch ulashdi.

Eng ko'p o'zbeklar to'p tepadigan "Energetik-BGU" klubi yana g'alaba qozondi va chempionat etakchisi BATEni taqib qilishda davom etyapti. Bobir Abdixoliqov bu safar ham gol urishga muvaffaq bo'ldi va to'purarlar ro'yxatining yuqori pog'onasini band etib turibdi.

* * *
SHaxboz Umarov to'p tepadigan BATE jamoasi bu turda ishtirok etmadi. Aleksandr Mixaylov jamoasi mamlakat Kubogi finalida "Gomel"ga qarshi o'ynadi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Sovrin raqibga nasib etdi, Umarov qaydnomaga ham kiritilmadi. Borisovliklar 9-tur bahsini iyun oxirida o'tkazadi, 28 mayda esa 10-tur doirasida "Dinamo-Brest" bilan o'ynaydi.




* * *
"Energetik-BGU" yuzaga kelgan imkoniyatdan to'liq foydalandi. "Talabalar" safarda "Arsenal"ni (2:0) mag'lub etishdi va vice-chempion bilan oradagi farqni minimal ravishda kamaytirishdi. Endilikda jamoalarni bor yo'g'i bir ochko ajratib turibdi. Uchinchi o'rinda borayotgan Minskning "Dinamo"si "Vitebsk" bilan bahsning qo'shib berilgan daqiqasida g'alabani ilib ketdi (2:1).

"Arsenal" uy o'yinlarini katta bo'lmagan Gorodey qishlog'ida o'tkazadi, Anatoliy Yurevich bu bahsda uch nafar o'zbekistonlik futbolchini maydonga tushirdi. Abduqodir Husanov va SHoxruhbek Abdurahmonov to'liq o'yin o'tkazgan bo'lsa, Bobir Abdixoliqov 73-daqiqada o'zgartirildi.

Forvard maydondagi asosiy ishini 7-daqiqadayoq sifatli bajardi, Roman Papariganing uzatmasidan keyin hamyurtimiz hisobiga navbatdagi gol yozildi. Tan olib aytish kerak, bu vaziyatda asosiy ishni ukrainalik futbolchi bajardi. Bobir faqatgina to'pni bo'sh qolgan darvozaga yo'llab qo'yishi talab etilgandi.

* * *
Umumiy olganda, hujumchi u qadar yorqin o'yin ko'rsatmadi. O'ziga taqdim etilgan vaqt davomida Abdixoliqov bor yo'g'i 14 marta muvaffaqiyatli harakat amalga oshirdi (asosiy tarkibdagilar ichida eng past ko'rsatkich), ikki bor "kanonirlar" darvozasiga zarba berdi, yana ikki marta driblingni ishga soldi (har ikkisi muvaffaqiyatsiz chiqdi) va 19 yakkakurashdan 5 tasidagina ustun keldi, ammo ikki marta sheriklari uchun qulay vaziyat yaratib berdi. Ushbu uzatmalardan keyin gol bo'lish ehtimoli ancha yuqori edi. Bobir o'yinni xA bo'yicha 0,35 natija ko'rsatdi.

* * *
"Energetik-BGU" "Arsenal" darvozasiga 18ta zarba yo'lladi (ulardan 6tasi aniq). Jamoaning eng ko'p zarba bergan futbolchisi SHoxruhbek Abdurahmonov bo'ldi — besh zarba (2tasi aniq). Yarim himoyachi yana bir sifatli o'yin o'tkazdi, yakkakurashlarning 40%ida ustun keldi (himoyadagilarning 67%ida), uch bor to'pni olib qo'ydi, ikki marta xavfni bartaraf etib, to'pni uzoqlashtirdi, to'rt marta to'pni jamoasiga qaytarib berdi va 1ta omadli "podkat" amalga oshirdi.
"Talabalar" safida yakkakurashlardagi natija bo'yicha eng yaxshisi Abduqodir Husanov bo'ldi. Himoyachi 24 dueldan 16tasida g'olib bo'ldi. Maydondagilardan faqatgina raqib himoyachisi Stanislav Sazanovich undan yaxshiroq ko'rsatkich qayd etdi – 27 kurashdan 18tasi omadli.

Husanov ikkinchi qavatda ham deyarli tengsiz edi 12tadan 10tasida ustun — har ikki klub tarkibidagilarni hisobga olganda ham eng yaxshi natija. Bundan tashqari, Abduqodir hisobida raqib darvozasi tomon berilgan ikki zarba bor (1tasi aniq), 16 marta to'pni jamoasiga qaytarib berdi, 9 bor to'pni ilib ketdi va 2 marta o'ziga nisbatan qoida buzishlariga majbur qildi.

* * *
Poytaxtliklar jamoasining to'rtinchi o'zbek futbolchisi Abbosbek Jumaqulov uchrashuvni zaxira o'rindig'idan tomosha qildi. Ammo kelasi kuni u o'rinbosarlar tarkibida bir taym o'ynadi. Yarim himoyachi 46-daqiqada Evgeniy Salashning o'rniga maydonga tushdi va 63-daqiqada sariq kartochka oldi. O'rinbosarlar raqibini ishonchli tarzda mag'lub etishdi (5:1).

"Energetik-BGU" chempionatdagi navbatdagi bahsini 29 may soat 16:00da uy arenasida o'tkazadi. Raqibi 14 ochko bilan 6-o'rinda borayotgan "Mozir-Slaviya" jamoasi bo'ladi.



Championat.asia saytining Belarus mamlakatidagi muxbiri Andrey Maslovskiy tayyorladi

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика