So’nggi yangiliklar

10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  7 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3

Bekzod Qodirqulov: "Hech kimdan qo'rqmaymiz. Faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz" Yangiliklar

Bekzod Qodirqulov: "Hech kimdan qo'rqmaymiz. Faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz"

Pro ligada ham yangi mavsum boshlandi. Birinchi turni "Yangier-Quruvchi" - "G'ijduvon" (2:1) uchrashuvi boshlab berdi.

Qiziqarli kechgan o'yindan so'ng mezbonlar ustozi Bekzod Qodirqulov fikrlarini bildirdi.

"Yangi mavsumga tayyorgarlikni 12 yanvar sanasidan boshladik. Yig'inimiz 3 bosqichda bo'lib o'tdi. O'rtoqlik o'yinlar tashkillashtirildi. Tarkibga tajribali futbolchilarni jalb qildik. Umuman olganda hammasidan ko'nglim to'ldi. Mavsumni yaxshi boshlab oldik. 

CHempionat starti bilan tabriklayman. Uyda o'ynayapmiz. Bosim va hayajon bo'ladi. Birinchi gol kutilmaganda darvozamizdan o'rin oldi. Keyinchalik yigitlar bilan gaplashib oldik. Ikkinchi bo'limda faqat hujumga etibor qaratildi. Yigitlar ko'rsatmalarni bajarishdi. 

Bizda hujumni yakunlashda xatolar yuz berdi. Keyingi o'yinlarda yanada optimal formaga kirib olishadi. Navbatdagi raqiblarimiz Superligada qatnashgan jamoalar. Hech kimdan qo'rqmaymiz. Safar yoki uyda bo'lsin, faqat g'alaba uchun boramiz. To'g'ri maydon holati optimal holatda emas. Bunday paytda ko'p jamoalarning maydonlari shunday. Bir nechta turdan so'ng joyiga kelib oladi. 

Superligaga chiqishga "Mashal", "Andijon", "Buxoro", "Turon" favorit bo'lishi mumkin. Lekin futbolda kutilmagan voqelar ham yuz beradi. CHo'chimasdan maydonga yutuq uchun tushamiz",- deydi Bekzod Qodirqulov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика