"Bayer" etakchisi Ronaldu jamoasiga o'tishi mumkin
28 jan 14:20
Yangiliklar
"Bayer" etakchisi Ronaldu jamoasiga o'tishi mumkin
"Al Nassr" yangi markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi.
"Kicker" xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubining maqsadi – "Bayer" futbolchisi Viktor Bonifase. O'tgan yili futbolchini top-jamoalar bilan bog'lashgan edi, biroq so'nggi paytlarda nigeriyalik futbolchi transfer mish-mishlaridan chetda qolmoqda. "Al Nassr" bundan unumli foydalanishi mumkin.

"Bayer" 24 yoshli Bonifase uchun 50 mln evrodan oshiq bo'lgan taklifni ko'rib chiqadi. SHu bilan birga, leverkuzenliklar tezroq o'rinbosar topishi kerak.
Viktor Bonifase "Al Nassr" hujum chizig'ida Krishtianu Ronaldu bilan birlashishi mumkin. Nigeriyalik futbolchi 2024/2025 yilgi mavsum 15 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar