So’nggi yangiliklar

01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  1 00:34ЎФА собиқ терма жамоалар бўлими раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  1 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  1 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  90 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  16

Baxtiyor Yoqubov: "Yangi futbolchilarning barchasi o'zini ko'rsatishga urinmoqda" Yangiliklar

Baxtiyor Yoqubov: "Yangi futbolchilarning barchasi o'zini ko'rsatishga urinmoqda"

"Neftchi" klubi yarim himoyachisi Baxtiyor Yoqubov Toshkent yig'ini yakunida o'z fikrlarini bildirdi.

"Toshkentdagi yig'in ancha samarali o'tdi deya olaman. Dastlab oliy liga debyutanti "Obod"ni, so'ngra Tojikiston chempioni "Istiqlol" klubini mag'lub etdik. "Olmaliq" bilan o'yinda murabbiylar Mansur Saidov va menga dam berishdi. Yig'inni Jizzaxning "so'g'diyona" klubiga qarshi o'yin bilan tugatdik".

"Tarkibga qo'shilgan yangi futbolchilarning barchasi o'zini ko'rsatishga urinmoqda. "Nasaf"dan kelgan O'tkir Yusupov yaxshi posbon ekanini namoyish etmoqda. Yoshlar jamoasidan Sardor Qulmatov asosiy tarkibga qo'shilib o'yinlarda qatnashmoqda. "SHo'rtan"dan Husniddin G'ofurov va Jamshid Hoshimov hamda Abdurahmon Abdulhaqov kabi yoshlar murabbiylarda yaxshi taassurot qoldirishga urinishmoqda. Tajribali Alisher Samatov va Ilhom Boydadaev kabi futbolchilar ham jamoadagi raqobatni kuchaytirishdi".

"Oldinda Farg'ona Hokimi kubogi kutib turibdi. Bu musobaqada yaxshi natija ko'rsatishga urinamiz. Menimcha mavsum boshlanguniga qadar yana ikki futbolchi qo'shilsa kerak. Hokim kubogidan so'ng 12 fevral kuni yana toshkentga qaytamiz va mavsumga tayyorgarlikni shu erda davom ettiramiz", - deydi Baxtiyor Yoqubov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика